Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.12K photos
860 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Hushxabar

❇️ Prezident ta'lim muassasalari tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 18 nafar
ijodkor o'quvchilarining "Yoshlik bayozi" deb nomlangan 3- kitobi nashrdan chiqdi.

Yangi kitobda ijodkor o'quvchilarimizning turli mavzudagi qiziqarli she'rlari chop etildi.
#Hushxabar

🎊 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi No'monjonov Amurbek Janubiy Koreyaning JOONBU universitetiga 65 % grantni qo'lga kiritdi.
#hushxabar

"O‘qituvchi va murabbiylar kuni" arafasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan "Xalq ta'lim fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
#hushxabar
#sport

Sportning Yunon-Rum kurashi bo‘yicha 2007-2009 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan LB sport kubogi xalqaro turnirida 65 kg vazn toifasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Biloliddin Ziyovuddinov faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘quvchimizning ushbu yutug‘i bilan muborakbod etib, kelgusi o‘qish va faoliyatiga muvofaqqiyatlar tilaymiz

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#HUSHXABAR

🥇Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Mashhura Po‘latova Ichki ishlar Vazirligi hamda Yoshlar Ishlari agentligi hamkorligida mahallalardagi 14-18 yoshlilar o'rtasida o‘tkazilgan "Yosh huquqshunos" tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab, tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

O'quvchimizning kelgusidagi o'qish va ishlarida omad tilaymiz.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom etin!
👉@ima_myim
#hushxabar

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining fizika-matematika fanlari o‘qituvchisi Dilrabo Raximberdiyevaning hammualliflikdagi "Parametrli masalalar yechish metodlari" nomli o‘quv qo‘llanma kitobi nashr qilindi.

Ushbu kitob universitetlarning matematika yo‘nalishi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan "Parametrli masalalar yechish metodlari" nomli tanlov fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, u parametr qatnashgan tenglama va tengsizliklar hamda parametr qatnashgan funksiyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan.

Ustozning kelgusi ishlariga, ilmiy izlanishlariga muvofaqqiyatlar tilaymiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim