#ijod_bekati
Qaldirg‘ochlar
Har bahorda qaldirg‘ochlar
Hovlimizga qaytadi.
Biz keldik deb chug‘urlashib
Quyuq salom aytadi.
Bu qush - Alloh mo‘jizasi
Uvoq bersang olmaydi.
Birov qurgan uyga qo‘nib
Nomardlikni qilmaydi.
Mehnat qilib uy quradi,
Loyin tashib og‘zida.
Mehr nuri yog‘ib turar,
Marjon-marjon ko‘zida.
Farzandiga saboq berib,
Tarbiyalar kun-u tun.
Gar biror bir xavfni sezsa,
Qanotin tashlar mahzun.
Kel, qaldirg‘och, sen yayrab,
Musaffo osmonga uch.
Sen sadoqat ramzisan,
Mangu oshiyoning quch.
Ne’matjonova Dilbaroy
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Qaldirg‘ochlar
Har bahorda qaldirg‘ochlar
Hovlimizga qaytadi.
Biz keldik deb chug‘urlashib
Quyuq salom aytadi.
Bu qush - Alloh mo‘jizasi
Uvoq bersang olmaydi.
Birov qurgan uyga qo‘nib
Nomardlikni qilmaydi.
Mehnat qilib uy quradi,
Loyin tashib og‘zida.
Mehr nuri yog‘ib turar,
Marjon-marjon ko‘zida.
Farzandiga saboq berib,
Tarbiyalar kun-u tun.
Gar biror bir xavfni sezsa,
Qanotin tashlar mahzun.
Kel, qaldirg‘och, sen yayrab,
Musaffo osmonga uch.
Sen sadoqat ramzisan,
Mangu oshiyoning quch.
Ne’matjonova Dilbaroy
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim