Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 20-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

❗️Eslatib o’tamiz, bugun hujjatlar qabulining oxirgi kuni.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishmoqda.

🔰Xususan ijod maktabining yana 11 nafar o‘quvchilari ingiliz tili fani bo‘yicha хalqaro til bilish darajasini qo‘lga kiritdi. Jumladan:

10-sinf o‘quvchilari

Ziyovuddinov Biloldin - B2
Yuldashev Bekmuhammad - B2
Qodirova Feruzabonu - B2

9-sinf o‘quvchilari

Obidova Madina - B2
Ahmadullayeva Mohigul - B2
Abduvaliyeva Ziyoda - B2
Mahmudova Muhlisa - B2
Hakimova Rayxona - B2

8-sinf o‘quvchilari

Odiljonova Bibisora - B2
Arabboyeva Mohloroy - B2
To‘raboyeva Mubinaxon - B2

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
👉@ima_myim
#qabul_2024
#statistika

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi.

📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

Vazir Hilola Umarova faol va yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, oʻz savol va takliflari bilan murojaat qilishdi.

❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan:

ta'lim muassasalarida oʻzlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish;
2023-2024-oʻquv yili davomida amalga oshirilgan oʻzgarishlar;
ta'limda innovatsion loyihalardan foydalanish;
inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob berib o‘tdi.

Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI

Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

Xorijiy til yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 27-iyun kunidan boshlanadi.

📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"MA'RIFAT BO'STONI, YANGI O'ZBEKISTONIM!"

✏️ She'r muallifi: Sayyora TO'YCHIYEVA,
🎼 Bastakor:  Adham ABDURAIMOV,

🎤 Ijrochilar:
Munojat YO'LCHIYEVA,
G'ulomjon YOQUBOV,
Alisher RO'ZMETOV,
Adolat ISMOILOVA.
#ijod_bekati

Qaldirg‘ochlar

Har bahorda qaldirg‘ochlar
Hovlimizga qaytadi.
Biz keldik deb chug‘urlashib
Quyuq salom aytadi.

Bu qush - Alloh mo‘jizasi
Uvoq bersang olmaydi.
Birov qurgan uyga qo‘nib
Nomardlikni qilmaydi.

Mehnat qilib uy quradi,
Loyin tashib og‘zida.
Mehr nuri yog‘ib turar,
Marjon-marjon ko‘zida.

Farzandiga saboq berib,
Tarbiyalar kun-u tun.
Gar biror bir xavfni sezsa,
Qanotin tashlar mahzun.

Kel, qaldirg‘och, sen yayrab,
Musaffo osmonga uch.
Sen sadoqat ramzisan,
Mangu oshiyoning quch.

Ne’matjonova  Dilbaroy 
Muhammad Yusuf nomidagi 
ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Kasbiy_rivojlanish
#Koreya

Ayni damda Agentlik tizimidagi maktablarning 28 nafar oʻqituvchilari Koreya Respublikasining Chungcheongnam provinsiyasi Cheonan shahrida amaliyot o‘tashmoqda.

📝 Trening davomida oʻqituvchilar uchun taʼlimning zamonaviy metodikalari, taʼlim jarayonida IT texnologiyalarini qoʻllash singari mavzularda maʼlumot berilmoqda va tajriba almashinmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur oʻquv kurslari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon
#qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2024-2025-o’quv yili uchun saralash imtihonining I va II bosqichlari 27 iyundan 1 iyulga qadar o‘tkaziladi.

🔷Ijodiy matn yaratish bosqichi ikki smenada o’tkazilib, 27 iyun kuni birinchisi 8:00 da, ikkinchisi 11:00 da bo’lib o’tadi. Talabgorlar imtihon vaqtlarini va guruhlarini shaxsiy kabinet orqali bilib olishlari mumkin.

🔷Ikkinchi bosqichi (suhbat) esa 29-30 iyun va 1-iyul kunlari soat 8:00 dan kechki soat 17:00 qadar davom etadi. Talabgorlar suhbat kunini va vaqtini shaxsiy kabinet orqali bilib oladi.

♻️Imtihonlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadi.

🔰Manzil Andijon shahar Amir Temur shox ko‘chasi 27-uy. Mo‘ljal Andijon avto shox bekatidan Andijon aeroporti tomonga yurilgandan Temiryo‘lchilar shifoxonasi oldida.

Murojaat uchun telefonlar:
+998902108202
+998905272868
+998916026244

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#soha_qonunchiligi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra:

Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi hamda Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.

2024-yil 1-sentabrga qadar:


har bir tuman va shahardagi kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastika xonalari tashkil qilinadi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek:

ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida tashkil etiladi;
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 7–11 yoshdagi (1–4-sinf) oʻquvchi-sportchilar ham qabul qilinadi;
har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam, 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM