Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
866 subscribers
8.28K photos
866 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda

Avval xabar qilganimizdek, Prezident ta’lim muassasalari agentligining “O'quvchilar almashish dasturi” ijrosi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari maktabning informatika fani o'qituvchisi rahbarligida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurib, bugun 1-o'qish kunlarini boshlashdi.

✍️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
#Dastur_ijrosi_amalda
#Chavandozlar_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏇🏇Ijod maktabining ijodkor o'quvchilari va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidan tashrif buyurgan o'quvchilar Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi o'quv markazining "Chavandozlar maktabi"da ot minish mashg'ulotlarida qatnashishdi.

🤼‍♀️🤾‍♀️⛹️‍♀️Ijod maktabining o'quvchilari o'rtasida guruh shakllantirilib, sport musobaqalari asosida o'zaro bellashdilar.

👭Bo'sh vaqtlarini mazmunli va mahsulli o'tkazish yuzasidan tashkil etilgan bu kabi sayohatlar har bir o'quvchida a'lo taassurotlar qoldirdi.
 
📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🔔Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_ijrosi_amalda

O‘quvchilar almashinuvi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan almashdilar.

🏛Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidagi o‘quv jarayonlarida ishtirok etishib, ijodiy va kasbiy to‘garaklarda ishtirok etishbilan birga viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohatga chiqishmoqda.

♻️Almashinuv davomida o‘quvchilar Marhamat tumanidagi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf uy muzeyi, viloyat Yoshlar kutubxonasi hamda Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida bo‘ldilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#dastur_ijrosi_amalda

O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan almashinuvi asosida "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#dastur_ijrosi_amalda

O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi bo‘yicha Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan kechki mushoira o‘tkazildi.

📖Andijonlik va qashqadaryolik ijodkor o‘quvchilar tomonidan Vatan, do‘stlik, bolalik va tabiyatni tarannum etgan "She'rim yana o‘zing yaxshisan" nomli she'riyat kechasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Shahlo Hamidova va Sardor Sirojiddinlar ishtirok etdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#dastur_ijrosi_amalda

O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan psixologik seminar-trening

🔰Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari o‘quvchilari uchun Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi psixologi tomonidan "Yoshlar psixologiyasida ta'lim va tarbiya" mavzusida nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#dastur_ijrosi_amalda

O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mehmon bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Andijon shahridagi "Navruz Mall" ko‘ngil ochar majmuasi va "Eco park" yoshlar bog‘iga sayohat uyushtirdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Dastur_ijrosi_amalda
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


Dastlab andijonlik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, mezbon o'quvchilar hamda tarbiyachilar hamrohligida O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ehtirom ko'rsatdilar. So'ng "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat qildilar.

📚Sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu  muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlari aks ettirilgan fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.
#dastur_ijrosi_amalda

OʻQUVCHILAR ALMASHINUVI DASTURI AMALDA

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida boʻlib, tengdoshlari bilan ilmiy, ijodiy tajriba almashmoqda, Qashqadaryo viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Oʻz navbatida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidagi oʻquv jarayonlarida ishtirok etib, ijodiy va kasbiy toʻgaraklarda mahoratini oshirmoqda. Yoshlar Marhamat tumanida joylashgan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf uy muzeyi, Andijon viloyat Yoshlar kutubxonasi hamda Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabiga ham sayohat qildilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM