Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xalqaro_hamkorlik #Tashrif
✅Bugun, 14-oktabr kuni Hindistonning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabhat va ikkinchi kotib Aditi Walunch Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga Investitsiya vazirligi vakillari hamrohlik qilishdi.
🔸Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan Agentlik tasarrufidagi maktablarga grantlar ajratish, mazkur maktablarda maxsus laboratoriyalar faoliyatini yo'lga qo'yishda ko'maklashish, o'zaro almashinuv dasturlari hamda Hindistondan malakali kadrlarni jalb qilish masalalarini muhokama qildilar.
⚡️Tashrif so'ngida mehmonlarga Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga ekskursiya tashkil etilib, maktab faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

#Xalqaro_hamkorlik #Hindiston
✅Bugun, 15-oktabr kuni Hindistonning Binaryflux kompaniyasi rahbari Chandrakant Sharma, ijrochi direktor Gautam Dawar va Bosh maslahatchi Suyash Thirpati Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi va o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Ularga Tashqi ishlar vazirligi vakili hamrohlik qildi.
🔸Uchrashuv davomida tomonlar IT sohasidagi hamkorlik aloqalarini, shuningdek data-analiz sohasidagi qo'shma loyihalar, Agentlik va Agentlik tizimidagi maktablardagi axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun maxsus treninglar tashkil etish hamda Agentlik mutaxassislari ishtirokida qo'shma dastur va loyihalar ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar.
📌Ma'lumot o'rnida, Binaryflux bu dunyoga mashhur IT kompaniyasi bo'lib, u ma'lumotlarni tahlil qiladigan hamda tashqi hujumlardan himoyalangan xavfsiz onlayn platformalar yaratish bilan shug'ullanadi.

#Xalqaro_hamkorlik
#Malayziya
✅Bugun Malayziyaning Binary universiteti ta'sischisi va ijrochi raisi, Tan Sri Dato professor Joseph Adaikalam, xalqaro hamkorlik direktori Gilbert Alvin, universitet prorektori Puan Sri Datin professor Rohini Devi Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.
⚡️Uchrashuv davomida Malayziya tomoni Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati hamda ta'lim tizimini alohida e'tirof etgan holda, o'zaro hamkorlik tashabbusini bildirishdi.
⚡️Tomonlar, shuningdek:
🔸o'qituvchilar malakasini oshirish,
🔸talabalar almashinuvi va
🔸 ta'lim dasturlari yuzasidan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
📌Uchrashuv davomida Agentlik faoliyati yuzasidan taqdimot ham bo'lib o'tdi.
_____
Tan Sri Dato's Professor Joseph Adaikalam - Executive Chairman of Binary University, Gilbert Alvin - Director of International Collaborations, Puan Sri Datin professor Dr. Rohini Devi - Deputy vice chancellor of the University visited the Agency and discussed mutual cooperation.

✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova tashkilot faoliyati va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari haqida ma'lumot berdi.
✔️Uchrashuvda Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut va Nottingham Trent universitetlari bilan imzolangan memorandumlar doirasida:
▶️ o'quvchilar almashinuvi;
▶️ o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari;
▶️ Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar olib borish kabi masalalarda hamkorlik qilish muhokama qilindi.
__
A meeting with the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of Uzbekistan to the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland Said Rustamov was held in the Agency.

#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️Cambridge University Press&Assessment tashkiloti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi
Bugun Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge University Press&Assessment Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'zaro hamkorlik shartnomasini imzolashdi.
⚡️Mazkur xalqaro shartnoma doirasida:
✔️qabul imtihonlari,
✔️xalqaro imtihonlar,
✔️ta'lim dasturlari,
✔️darsliklar ishlab chiqish kabi sohalarda hamkorlik qilish ko'zda tutilgan.
📌Ma'lumot uchun, Cambridge university Press&Assessment tashkiloti Kembrij universiteti qoshida tashkil etilgan bo'lib, dunyoning yetakchi tashkilotlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur tashkilot ilmiy nashrlarni chop etish hamda baholash bilan shug'ullanadi.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

#Fransiya
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
❗️Shuningdek, elchi Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan tanishtirildi.
O'zaro uchrashuv davomida Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.
👉Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

#Turkiya
✅ Ayni damda Turkiyada bo'lib turgan Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Istanbul Milliy ta'lim boshqarmasi (İstanbul İl Milli Eğitim Müdürlüğü) rahbariyati bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv doirasida Agentlik vakillari IB dasturi tatbiq etilgan Chemberlitosh Anadolu litseyida ham bo'lib, maktab faoliyati hamda dars jarayonlari bilan tanishishdi.
❗️Mazkur uchrashuvlar O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi yordamida tashkil etildi.
🔴Eslatib o'tamiz, Agentlik delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tayotgan o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish bo’yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish global tadqiqot loyihasi doirasidagi konferensiyada ishtirok etishmoqda.
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

#Angliya
✅Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo'limi boshlig'i Endryu Makkol Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.
Uchrashuv doirasida:
▶️2021-yilda tuzilgan Memorandum doirasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda
▶️o'qituvchilar malakasini oshirish borasida hamkorlikdagi dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
❗️Shuningdek, uchrashuv doirasida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari taqdimoti bo'lib o'tdi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
✅ Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.
⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.
Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.
👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.
Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dastur davomida:
▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;
▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;
▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.
✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.