Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
888 subscribers
8.16K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#Munosabat

23-24-iyul kunlari Prezident maktablariga kirish imtihonlari oldi maslahat-tanishtiruv kuni o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan tanishtiruv-maslahat kunidan ota-onalarning kutish joylarida to‘plangan fotosuratlari tarqalib, bu holat imtihon jarayonlarining tashkiliy tomoniga bog‘lab talqin qilinmoqda.

Shu o‘rinda quyidagilarni keltirib o‘tamiz:
▶️Qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchi bilan faqat bir nafar shaxs kelishi belgilab qo‘yilgan hamda ushbu ma’lumot Agentlik rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilingan.

Izoh: Mazkur ma’lumot havolasi taqdim etilmoqda. https://piima.uz/news/yo%27riqnoma

▶️ Shuningdek, imtihonga qatnashish uchun o‘quvchilarga berilgan ruxsatnomada ham talabgor bilan 1 tadan ko‘p bo‘lmagan oila a’zosi kelishi so‘ralgan. Ushbu ruxsatnoma namunasi Agentlik saytida ham e'lon qilingan.

Izoh: Mazkur xabar havolasi taqdim etilmoqda: https://piima.uz/news/ruxsatnoma-namunasi

▶️ Karantin qoidalariga amal qilish tartibi, yo‘l-yo‘riqlari doimiy tarzda Agentlik rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritib borilgan.

Izoh: Namuna sifatida havola taqdim etilmoqda. https://t.iss.one/piimauz/3024

🔰 Imtihon hududidan tashqaridagi jamoatchilik tartibi nazorati esa 2021-yil 3- maydagi 7-sonli Vazirlar Mahkamasining majlis bayoni asosida mas’ul tashkilotlarga yuklatilgan. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya barcha yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini qat’iy nazoratga olish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur kuch va texnika vositalarini jalb etish hamda talabgorlarning ota-onalari to‘planadigan joylarda xodimlar sonini, maxsus transport va aloqa vositalarini ko‘paytirish uchun barcha zarur choralarini ko‘rishga mas’ul etib belgilangan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligiga karantin qoidalariga amal qilgan holda zarur shart-sharoit yaratish yuklatilgan.

❗️Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tamiz, pandemiya davrida avvalo har bir kishi o‘z shaxsiy mas’uliyatini oshirishi va karantin qoidalariga amal qilishi lozim.
#Munosabat

🔰Prezident maktabiga kirish imtihonlari birinchi bosqichining 1-smenasi yakuniga yetdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon o‘tkazilish joylari bo‘yicha e’tirozli fikrlar bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-maydagi 7- sonli majlis bayoni asosida imtihonlar o‘tkaziladigan hududlar belgilab berilgan. Bunda imtihonni o'tkazishga mas'ul barcha tashkilotlar tomonidan mazkur hududlarning video-kuzatuv, internet, elektr va boshqa shu kabi shart-sharoitlar bilan ta’minlanganligi inobatga olingan.

Shu bilan birga, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda imtihon davomiyligi 90 daqiqadan 60 daqiqaga qisqartirildi.

O'tgan yili pandemiya tufayli Prezident maktablariga qabul o'tkazilmagan edi. Bu yil pandemiya sharotida qanchalik qiyin bo‘lmasin, qat’iy tartib-qoidalar asosida ochiq havoda kirish imtihonlari tashkil etilmoqda.

❗️Shu o'rinda, har bir kishi, jumladan, ota-onalar shaxsiy mas’uliyatini oshirishga va ijtimoiy masofa saqlashga muntazam da’vat etilmoqda.

✔️Eslatib oʻtamiz, Cambridge Assessment tashkilotining talablari asosida barcha sharoitlar maksimal darajada tashkil etilmoqda. Imtihonlar 2 smenada yaʼni 8:00 va 19:00 da boshlanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

📶 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-aprel kuni qabul qilingan "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisining fikri

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

📶 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-aprel kuni qabul qilingan "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ijod maktabida tahsil olayotgan oʻquvchi onasining fikri

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube