Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
891 subscribers
8.57K photos
892 videos
50 files
1.88K links
Download Telegram
#Andijon_Prezident_maktabi

Andijon shahridagi Prezident maktabida "Yangi avlod jadidlari" nomli tadbir o'tkazildi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ishtirok etishdi.

✔️Tadbirda jadid namoyondalari mustaqillik g'oyalari, ma'rifatparvarlik faoliyatiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so’ngida Hilola Umarova iqtidorli o’quvchilar va ularning ota-onalariga faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini topshirdi.
#STEM_olimpiada
#Andijon

⚡️Andijonda STEM fanlari olimpiadasi o'tkazildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligining Andijon viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabida STEM (Matematika, Fizika, Kimyo va Biologiya) fanlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

❗️Bunda Agentlik tizimidagi 13ta ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari qatnashdi.

📌O'tkazilgan STEM fanlari olimpiadasida yuqori ball to'plagan o'quvchilar aniqlandi va agentlikning hududiy bo'limi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудлар иқтисодиёти, аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Андижон, Фарғона ва Наманган вилоятларида бўлади.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с развитием экономики регионов и жизнью населения посетит Андижанскую, Ферганскую и Наманганскую области.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #Fargona #Namangan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Андижон вилоятига ташрифи Бўстон туманидан бошланди. Бу ерда давлат раҳбари “Сайёра фаввораси” масъулияти чекланган жамияти томонидан ишга туширилган тўқимачилик корхонаси билан танишди.

Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Андижанскую область началась с Бустанского района. Здесь глава государства ознакомился с текстильным предприятием общества с ограниченной ответственностью «Сайёра фаввораси».

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Шаҳрихон туманидаги “Elegant shoes and” корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия “Elegant shoes and” в Шахриханском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбари Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабига ташриф буюрди.

Глава государства посетил общеобразовательную школу №55 в Андижанском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон туманидаги Садда таги маҳалласида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев побывал в махалле Садда-таги в Андижанском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятида қайта тикланувчи энергия манбаларини оммалаштириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш чоралари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам расширения использования возобновляемых источников энергии и обеспечения занятости населения в Андижанской области.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Andijon_shahar
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#5_tashabbus_sport

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi va Andijon shahar 43-umumta'lim maktabining 11-sinflari o'rtasida sportning Basketboll turi bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi
#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh
Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#Andijon_bosqichi

⚡️"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASI ANDIJON VILOYATI BOSQICHI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning viloyat bosqichida 16 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashdi.  

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Turon_yoʻlbarslari
#Andijon_bosqichi

⚡️"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASI ANDIJON VILOYATI BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Yakuniy natijalarga koʻra:

🥇Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari jamoasi 1-oʻrin;

🥈Andijon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari jamoasi 2-oʻrin;

🥉Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari jamoasi 3-oʻrin;

Bizni kuzatishda davom eting!
@ima_myim
#Turon_yoʻlbarslari
#Jizzax_viloyati
#Andijon_viloyati

🤩 Agentlikning Jizzax va Andijon viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra,

📍JIZZAX VILOYATI:

🥇Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Alanga" jamoasi 1-oʻrin;

🥈Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining "Temuriylar avlodi" jamoasi 2-oʻrin;

🥉Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Lochin" jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

📍ANDIJON VILOYATI:

🥇
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Sohibqiron” jamoasi 1-o’rin;

🥈Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi 2-o’rin;

🥉Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Sagaris” jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM