Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН❗️

💬 Ҳурматли оммавий ахборот воситалари ходимлари, журналист ва блогерлар!

📣 2021 йил 21 июнь куни соат 10:00 да Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги тасарруфидаги Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабида Матбуот анжумани ҳамда "Очиқ эшиклар куни" ўтказмоқда.

🔰 Матбуот анжуманида

2021-2022 ўқув йили бўйича Президент мактабига ўқувчиларни қабул қилиш тартиби,

2021-2022 ўқув йили бўйича Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабига ўқувчиларни қабул қилиш тартиби,

Шунингдек, ўқув йили якунлари ҳамда эришилган ютуқлар юзасидан Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби директори Ш.Нурматованинг ахбороти тингланади.

📣 Матбуот анжумани ва "Очиқ эшиклар куни"га вилоятдаги барча босма ва электрон ОАВ вакиллари, журналист, блогер, веб-сайт админлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари таклиф этилади.

⬇️ Маълумот учун:

📲 +998 (97) 991-62-44
+998 (91) 602-62-44

🏢 Манзил: Андижон шаҳри, Амур Темур шоҳкўчаси, 26-уй.
(Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби биноси)
#Tanlov #Pedagog

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali pedagoglarni saralab olish maqsadida Agentlik tomonidan tashkil etilgan tanlovning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Ushbu bosqichda job.piima.uz sayti orqali topshirilgan arizalar belgilangan talablar asosida tanlab olindi.

👩🏻‍🏫Bugun Zoom orqali mazkur bosqichdan o‘tgan talabgor o’qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda Prezident maktablarida o‘qitish tizimi, ustozlarga qo‘yiladigan talablar hamda o‘quvchilarning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan talabgorlarga batafsil ma’lumot berildi. O‘tkazilgan uchrashuv pedagoglar uchun samarali va foydali bo‘ldi.

📌Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, shu va shu kabi xabarlar doimiy tarzda PIIMA ustozlari telegram kanalida yoritib borilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijod maktabiga saralash imtihoni 2 bosqichda o‘tkaziladi.

🔰 Ona tili va adabiyot yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 1-bosqichda nomzodlar uchun ijodiy imtihonlar ikki turda amalga oshiriladi va umumiy 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi.

1-tur – yozma ish – 50 ball;
2-tur – og‘zaki suhbat – 50 ball.

Saralash imtihonining 1-turi uchun har bir o‘quvchiga 60 daqiqagacha vaqt beriladi.

✔️Saralash imtihonining 2-turi – og‘zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Mazkur turda o‘quvchi oldindan tayyorlangan imtihon biletlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchi o‘zi tugallagan sinfda adabiyot fanidan o‘rganilgan mualliflarni, badiiy asarni qay darajada tushunib mutolaa qilgani, asardan olgan taassurotlari, undagi badiiy tasvir vositalarini anglay bilishi, she’rni ifodali yod o‘qishi, badiiy san’atlar bo‘yicha bilimga ega ekanligi, badiiy asar yuzasidan o‘z fikriga ega ekanligi, adabiyot yuzasidan nazariy bilimga ega ekani sinaladi.

Javob berish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
⚡️Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлигидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги билан ҳамкорликда Агентлик марказий аппаратидаги қуйидаги вакант лавозимлар учун очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔹Ходимлар билан ишлаш бўлими бошлиғи;

🔹Юридик бўлим бошлиғи.

▶️ Танловда иштирок этиш истагида бўлган номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ порталидан рўйхатдан ўтишлари, мавжуд вакант лавозимларни танлаб, сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2021 йил 16 июндан 25 июнгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Порталдан фойдаланиш бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Web-site | Telegram| Instagram | Facebook | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijod maktablarining ijodiy imtihonining 1- va 2 - turi bo'yicha namunalar:

📌1-tur - yozma ish uchun taxminiy mavzu namunalari:

🔹Mening sevimli ertagim
🔹 Tabiat – bizning boyligimiz
🔹 Bolaligim – podsholigim
🔹Odob – inson bezagi
🔹XXI asr – intellektual rivojlanish asri

📌2-tur – og‘zaki suhbat uchun taxminiy mavzu namunalari:

🔸7-sinf uchun namuna
Egrilikning hаm, to‘g‘rilikning hаm o‘z tа’rifi bоr. Еgrilik yolg‘оndаn pаydо bo‘lаdi, to‘g‘rilik hаqiqаtdаn.
Matnni o‘qing. Xalqimiz tomonidan aytilgan hikmatlar ma’nosini chaqing va ularni o‘z so‘zingiz bilan bayon qiling. “Egrilik-to‘g‘rilik”, “haqiqat-yolg‘on” kabi juftliklar yordamida qanday badiiy san’atlarni yuzaga keltirish mumkin?

🔸8-sinf uchun namuna
... Past-pastgina past ko‘chalar,
Holin bilmas bir nechalar,
Bedov mingan boyvachchalar,
Boyvachchalar, bekvachchalar,
Qalpoq bozori qaysidi(r)?

She’riy parcha olingan asar va uning janri haqida fikringizni bayon eting.
Sevgi sadosi
Vafoqulova Zahro
Gulim, mehr ko'zda degani yolg'on...

📝 Sevgi sadosi
Muhammad Yusuf
🎤 Zahro Vafoqulova

t.iss.one/Muhammad_Yusif_ijodi
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН❗️

💬 Ҳурматли оммавий ахборот воситалари ходимлари, журналист ва блогерлар!

📣 2021 йил 21 июнь куни соат 10:00 да Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги тасарруфидаги Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабида Матбуот анжумани ҳамда "Очиқ эшиклар куни" ўтказмоқда.

🔰 Матбуот анжуманида

2021-2022 ўқув йили бўйича Президент мактабига ўқувчиларни қабул қилиш тартиби,

2021-2022 ўқув йили бўйича Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабига ўқувчиларни қабул қилиш тартиби,

Шунингдек, ўқув йили якунлари ҳамда эришилган ютуқлар юзасидан Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби директори Ш.Нурматованинг ахбороти тингланади.

📣 Матбуот анжумани ва "Очиқ эшиклар куни"га вилоятдаги барча босма ва электрон ОАВ вакиллари, журналист, блогер, веб-сайт админлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари таклиф этилади.

⬇️ Маълумот учун:

📲 +998 (97) 991-62-44
+998 (91) 602-62-44

🏢 Манзил: Андижон шаҳри, Амур Темур шоҳкўчаси, 26-уй.
(Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби биноси)
ТАЗИЯ

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилоят бўлими раҳбари, шоира Хуршида Ваҳобжон қизининг волидаи муҳтарамалари Ҳамрохон хожи онанинг вафоти муносабати билан марҳуманинг оила аъзолари ва яқинларига ҳамдардлик билдирамиз.
#Ochiq_eshiklar_kuni #ijod_maktabi

🔰 Agentlik tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.

🔹Unda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi, o‘quv yili yakunlari hamda erishilgan yutuqlar yuzasidan ma'lumot berildi.

🔸"Ochiq eshiklar kuni" va press-turda mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari, jurnalist, bloger hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
* * *
Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Qanday yuzsiz do‘stimsan,
Ohlar to‘la ko‘ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Suvingga qo‘shib yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Men kimman? Bir yolg‘izman,
Suv bo‘yida bir yalpizman.
Oqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv,
Onamdek meni boqqan suv...

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@piima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni

🎥 Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan "Ochiq eshiklar kuni" O'zbekiston24 telekanalining "Yangiliklar24" informatsion dasturida yoritildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarovaning "Yangi O'zbekiston" universiteti kelajak kasblari bo'yicha yetakchi oliy ta'lim muassasasi bo'ladi" nomli maqolasi "Янги Ўзбекистон" gazetasi hamda veb-saytida e'lon qilindi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Қабул-2021: Сўнгги янгиликлар

Қабул квоталари тасдиқланди.
Бакалавриатга 170 минг талаба қабул қилинади. Хорижий ва хусусий ОТМларда ҳам давлат гранти ўринлари пайдо бўлади.

Энди абитуриентлар ўзлари танлаган 5та йўналиш орасидан грантга кирганида ўқиш имкониятига эга.

Ўқишни кўчириш бўйича янги қоидалар ўрнатилмоқда. Ўқишни кўчиришда ҳам супер-контракт тўловлари пайдо бўлади.

Магистратурага қабул 2 босқичли бўлди. 1-босқичда мутахассислик фанларидан имтиҳон, иккинчи босқичда чет тилидан тест олинади.

“Фарзандингиз келажагини пора билан кўрманг” — олий таълим вазири ота-оналарга мурожаат қилди.

Мактаб битирувчилари ОТМга ҳужжат топшириш учун аттестатини олиши шартмас, ҳаммаси онлайн базада бор.

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
#Tabriknoma

Hurmatli jurnalistlar, sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas'uliyatli ishlaringizda kuch-quvvat tilaymiz!

Har doim kasbingizdan qadr va sharaf topib yurish nasib etsin!

Hurmat bilan,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi jamoasi
Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 1-iyul kuni boshlanadi

☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan portal.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
Ijod maktablariga saralash imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi bosqichlarda ballar taqsimotiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon
2️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot fanidan test, chet tili fanidan test)

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (Bu bosqich ikki turdan iborat: yozma ish; og'zaki suhbat )
2️⃣-bosqich: test sinov (chet tili fanidan test, ona tili va adabiyot
fanidan test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy (ingliz) tilida o'tkaziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Forum

Poytaxtimizdagi Botanika bog’ida 29-30 iyun kunlari O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari ham ishtirok etmoqda.

⚡️Mazkur forum doirasida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari tomonidan turli loyihalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube