Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.07K photos
859 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON TOMONLARDA | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va jurnalist Abduhalil QORABOYEVning 80 yilligi oldidan.

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Қутлов

Республика маънавият-маърифат маркази Андижон вилоят бўлими бош мутахассиси Аҳмедова Иродахон Шоҳитбековна Ўзбекистон Республикаси Президенти қарорига асосан "Шуҳрат" медали билан тақдирланди.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими Иродахон Аҳмедовага келгуси ишларига муваффақият тилайди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul 1️⃣-2️⃣0️⃣ iyul kunlari onlayn shaklda portal.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🔹Qanday hujjatlar talab etiladi?
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (yoki kinder pasport) elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.

❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinfida o‘qish uchun hujjat topshiradigan nomzodlar maktab tabeli o‘rniga attestat nusxasini taqdim etishadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Sardor Sirojiddin
🔰Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2021-2022 o‘quv yillari uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun ijodiy imtixonlar o‘tkazilmoqda.

📚Ijod maktabida 2021-2022 o‘quv yili uchun 7- va 8- sinflar uchun jami 66 nafar o‘quchilarni qabul qiladi. Ushbu o‘quv yillar uchun 413 nafar nomzodlar o‘qish istagini bildirib, hujjat topshirganlar.
Lolaqizgaldoq
Ahad Qayumov
Гулим, яқинроқ кел,
Қара, не савдо,
Бу ажиб ишларни
Дил лавҳига ёз:
Кимга қаср етмас,
Кимга мол-дунё,
Менга эса ҳаво
Етмайди, холос.
Тириклар мудроқда,
Ўликлар уйғоқ,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!


📝 Lolaqizg'aldoq
Muhammad Yusuf
🎤 Ahad Qayum
Диққат танлов!!!

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси, Маданият вазирлиги, Ёзувчилар уюшмаси, Республика «Тасвирий ойна» ижодий уюшмаси, Миллий телерадиокомпания, Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги, Ўзбекистон Республикаси Кинематография агентлиги ҳамда Бадиий академия мамлакатимиз мустақиллигининг ўттиз йиллигига бағишланган «Энг улуғ, энг азиз» республика танловини эълон қилди.

Танловга «Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик!» деган бош ғояни ўзида мужассам этган асарлар-материаллар қабул қилинади.

«Энг улуғ, энг азиз» танлови қуйидаги номинациялар бўйича ўтказилади:

- ёзувчи ва шоирларнинг бадиий асарлари;

- босма ОАВ ходимларининг журналистик ишлари;

- телевидение ва радио ижодкорларининг материаллари;

- интернет-журналистика;

- тасвирий санъат, фото асарлари ва дизайн ишлари;

- кино санъати асарлари.

Танловга тақдим этилган ижодий ишларга қуйидаги ҳужжатлар илова қилиниши лозим:

- муаллиф ва унинг профессионал фаолияти тўғрисида қисқача маълумот (объективка);
- муаллифнинг паспорт нусхаси;
- иш жойидан тавсиянома;
- муаллифнинг манзили ва боғланиш телефонлари.

Танловга 2020 йилнинг 1 августидан 2021 йилнинг 1 августигача бўлган даврда эълон қилинган материаллар – асарлар жорий йилнинг 1 августигача қабул қилинади.

Танлов ғолиблари Ватанимиз мустақиллигининг ўттиз йиллик байрами арафасида мукофотланадилар ва уларнинг рўйхати матбуотда эълон қилинади.

Ижодий ишлар «Энг улуғ, энг азиз» танловига деб кўрсатилган ҳолда ўз ижодий йўналишлари бўйича қуйидаги манзилга юборилиши лозим:

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси, 100011. Тошкент шаҳри, Навоий кўчаси, 30-уй. Тел.: 71- 244-64-61.

Ўзбекистон «Тасвирий оина» уюшмаси, 100011. Тошкент шаҳри, Навоий кўчаси, 30-уй. Тел.: 71- 244-11-64.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, 100066, Тошкент шаҳри, Бунёдкор кўчаси, Адиблар хиёбони.тел. 71--231-83-49

Ўзбекистон Республикаси Кинематография агентлиги, 100115, Тошкент шаҳри,Чилонзор кўчаси 1 «А» уй. Тел. 71-277-81-49.
2 июль – “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун

📌 Қонунга мувофиқ, Давлат герби Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг рамзидир.

☑️ Ўзбекистонда истиқомат қиладиган барча шахс давлатимиз гербини ҳурмат қилишлари шарт.

❗️Жиноят кодексига асосан, Ўзбекистон Республикаси ёки Қорақалпоғистон Республикасининг Давлат байроғи, Давлат герби ёхуд Давлат мадҳиясига ҳурматсизлик қилиш базавий ҳисоблаш миқдорининг 25 бараваригача (6 млн 125 минг сўм) миқдорда жарима ёки 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI |M YUSUF MAKTABIGA QABUL JARAYONLARI 02.07.2021 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/izhodkor-oquvchilar-saralash-imtihonlarini-topshirdi_281850
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli davom etmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi, Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi imtihonlari haqida qisqacha:

🔸Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon tartibi
3 ta ixtisoslashtirilgan maktabda ham imtihonlar bir bosqichli test sinovi shaklida bo‘ladi. Bunda har bitta maktabning o‘z ixtisoslik fanidan kelib chiqqan holda test tuziladi va shu orqali o‘quvchilar saralab olinadi.

🔹Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlaridagi o‘zgarish:
Bu yilgi imtihonlardagi muhim o‘zgarishlardan biri – test sinovlariga mantiqiy savollar qo‘shiladi. Ya’ni har bir maktabda o‘zining ixtisoslik faniga moslashgan mantiqiy savollar bo'ladi.

🔰Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilgacha ixtisoslashtirilgan maktablar hududlarda gibrid usulida ochilishi rejalashtirilmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 1- bosqichi televideniye orqali yoritildi.
#Online_ishga_qabul

🔴Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo'sh ish o'rinlariga xodimlarni ishga qabul qilishni shaffof tashkil etish maqsadida mazkur jarayon online yoritiladi.

👉 Bizni YouTube kanalimiz orqali kuzatishingiz mumkin.

Jonli efir boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi.

❗️❗️❗️Energetika vazirligi Matbuot xizmati
xabariga ko'ra respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Shu sabab saralash boshqa kunga qoldirilganini ma'lum qilamiz.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mutaxassislar qabul bo'yicha savollarga javob berishdi. Quyida yo'llangan bir nechta savollar va ularning javoblarini taqdim etamiz:

Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish uchun talabgordan barcha baholari "a'lo" bo'lishi talab qilinadimi?
🔰Yo'q, bunda talabgordan baholar tabelidagi barcha baholari "a'lo" bo'lishi talab qilinmaydi.

O'quvchi bir vaqtning o'zida ham Prezident maktabiga, ham ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshira oladimi?
🔰Ha, topshira oladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham hududiy mansublik asosida hujjat topshiriladimi? Masalan, men Andijon shahrida o'qiyman, Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan maktabga ariza topshira olamanmi?
🔰Yo'q, ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirishda hududiy mansublik inobatga olinmaydi.

🔸Mazkur matbuot anjumani haqida "Mening yurtim" telekanalida lavha namoyish etildi.
#Ijodiy_imtihonlar

❗️Agentlik tizimidagi ijod maktablari saralash imtihonlarining birinchi bosqichi yakunlandi.

▶️Imtihonning 1-bosqichi tartibi;
▶️Ijod maktablariga topshirilgan hujjatlar va kvotalar;
▶️Shaffoflik maqsadida ko'rilgan choralar;
▶️Birinchi bosqich natijalarini tekshirish
.

👉 Bularning barchasi haqida saytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Call_markaz

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan aholidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida 1206 raqamli call-markazi ishga tushirilgan edi.

🔰Call-markaz faoliyati bilan ushbu videolavhada tanishishingiz mumkin.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❗️Agentlik tizimidagi maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

📋 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida hozirgi kunda 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta Ijod maktabi faoliyat yuritadi.

💻 Hozirgi kunda barcha davlat organlari telegramda oʼz sahifalarini yuritmoqda. Jumladan, Аgentlik tizimidagi maktablar ham.

🔷Mazkur telegram kanallarida tizimdagi maktablar yangiliklaridan boxabar boʼlish, oʼzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud. Maktablarning rasmiy kanallari bilan tanishib, aʼzo boʼlishni tavsiya qilamiz.

PREZIDENT MAKTABLARI:

▶️ Toshkent shahridagi Prezident maktabi
▶️ Namangan shahridagi Prezident maktabi
▶️ Nukus shahridagi Prezident maktabi
▶️ Xiva shahridagi Prezident maktabi

IJOD MAKTABLARI:

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o`qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur órgatishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
▶️Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
▶️ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR:

▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktab
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▶️ Mirzo Ulug’bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati
#Imtihon_2021

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga maslahat-tanishtiruv kuni hamda 1 - bosqich kirish imtihonlarini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

🔸Toshkent shahar va Toshkent viloyati- Toshkent shahar, Olmazor tumani, G‘alaba bog‘i hududidagi yopiq sahna maydonida va Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining 1- va 2-maydonlarida;

🔸Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

🔸Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni 2-va 3-maydonlarida;

🔸Farg'ona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni va Marg‘ilon shahar 2-BO‘SM stadionida;

🔸Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;

🔸Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;

🔸Samarqand viloyati - "Lokomotiv" markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni va Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

🔸Namangan viloyati - 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

🔸Xorazm viloyati - Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

🔸Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

🔸Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-, 4- va 5-binolarida;

🔸Surxondaryo viloyati - "Surxon" sport majmuasi zaxira futbol maydoni va Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

* Mazkur hududlar ro‘yxatiga Respublikadagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube