Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
876 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
ZULFIYANI YOD ETIB

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida sadoqat va vafo kuychisi Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bagʻishlangan "Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman" nomli adabiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘tkazilgan adabiyot kechasida ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova so‘z olib, o’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova haqida to‘xtalib, uning she'rlarida insonparvarlik, sadoqat va vafodorlik tuyg‘ulari yo‘g‘irilganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya hayotidan sahna ko‘rinishlar qo‘yildi, uning yorqin ijodidan namunalar o‘qildi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Bilimingizni sinab ko‘ring!

1-mart sanasida tavallud topgan o‘zbek adabiyoti vakilini toping?
Anonymous Quiz
3%
Ozod Sharofiddinov
81%
Zulfiya Isroilova
2%
Muhammad Ali
15%
Barcha javoblar to‘g‘ri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Fasli navbahor [uzhits.net]
Tavakkal Qodirov
#retro

🎼Fasli navbahor
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
🎙Tavakkal Qodirov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#soha_qonunchiligi
#bilasizmi

"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, quyidagilar pedagogning majburiyatlari hisoblanadi:


- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanish;

- ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish va ularni kamsitmaslik;

- voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borish;

- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tish;

- ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etish;

- majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami oldidan o‘quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli va iste’dodli qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish maqsadida Andijon shahridagi "Yuksalish" hususiy ta'lim muassasasi o‘quvchilari bilan "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchi qizlaridan iborat jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Bilimingizni sinab ko‘ring!

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning talabalik vaqtida respublika matbuotida chop etilgan ilk sheʼri qanday nomlangan?
Anonymous Quiz
53%
"Mitti yulduz"
10%
"Onajon"
18%
"Oltin baliqcha"
19%
"Qushcha"
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Onaizor

Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig‘lasa chin dildan ham –
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…

Sig‘may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo‘lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…

Tonar bo‘lsa qo‘limdagi tor, dunyo,
Uch kun o‘tmay unutgay do‘st-yor, dunyo.
Yeru ko‘kni titratib zor-zor, dunyo –
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…

Gulday kulib yurmasmidi, o‘glim deb,
Ko‘rib ko‘nglim to‘lmasmidi, o‘g‘lim deb,
Onang o‘lsa bo‘lmasmidi, o‘g‘lim deb
Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u…

Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig‘lasa chin dildan ham –
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u…

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Onaizor

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
📆 3-MART – BUTUNJAHON YOZUVCHILAR KUNI

👉 Agata Kristi disgrafiyadan aziyat chekkan, yaʼni qoʻli yozishga yaramagan. Uning barcha mashhur romanlari aytib turib yozilgan.
👉 Jek London Amerika tarixida oʻz mehnati bilan million dollar topgan birinchi yozuvchi boʻlgan.
👉Amerikalik yozuvchi O.Genri yozuvchilik faoliyatini kamomad uchun turmaga tushib qolganda qamoqxonada boshlagan. U shu qadar ajoyib yoza boshlaganki, tez orada odamlar turmani unutib yuborishgan.
👉 Xeminguey beshta urushda qatnashgan, toʻrt marta avtohalokatga, ikki marta aviahalokatga uchragan. Yana onasi uni bolaligida raqs maktabiga qatnashga majbur qilgan.
👉 Mark Tven taxallusini olgan yozuvchining asl ismi – Semyuyel Lengxorn Klemens. Bundan tashqari, adibning Daydi, Josh, Tomas Jefferson Snodgrass, Serjant Fatom va U.Epaminondas Adrastus Blab kabi taxalluslari boʻlgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.

✍🏻 Abdurahmon Jomiy

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim