Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.07K subscribers
10.1K photos
968 videos
53 files
2.09K links
Download Telegram
#ustozlar_ijodidan

Bugun tunda kelarmish, Bahor...

Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo,
Bizga iqbol tilarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga oğdirib,
Yomg‘irlarni yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik kõngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor..

Zulfiya Isroilova
O‘zbekiston xalq shoirasi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Maktab-ota-ona-mahalla" tamoili asosida "Farzandim uchun bir kun" loyihasi o‘tkazildi.

ANDIJON AXBOROTI. MAXSUS REPORTAJ | 28.02.2024 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
https://youtube.com/@AndijonVTRK https://www.instagram.com/andijon_trk
IJODIY OLIMPIYADA DAVOM ETADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 2021 yil 19-iyuldagi PQ-5188-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning ikkinchi saralash bosqichi o‘tkazildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ustozlar_ijodidan

Bahor kelayotir

Bahor kelayotir,
Toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shahr ichra yotmoqlik malol.

Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanib chechak.
Bahor- eng pokiza shabbodadir bu,
Bahor- eng pokiza shamoldir demak .

Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringan dilbar diyorim.
Go‘dak nafasiday yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.

Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.

Abdulla Oripov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
📢 IJODKOR AYOL VA QIZLAR DIQQATIGA!

☄️
Ijodkormisiz?
☄️Ijod namunalaringizni xalqaro va mahalliy OAVlarda yoritilishini xoxlaysizmi?
☄️Ular xalqaro antologiyalarga chop etilishinichi?
☄️Yokida xalqaro tanlovlarda ishtirok etishni xoxlaysizmi?
☄️Jurnalistika sohasidagi bilimlarga ega bo'lmoqchimisiz?
☄️Bugungi zamon talabi bo'lgan media kontentlar tayyorlash, kopirayterlik san'ati sirlari sizga qiziqmi?
☄️ O’z ustingizda ishlashni va o’zingizga bo’lgan ishonchni oshirishnichi?
☄️ Sohaning taniqli insonlari bilan seminar va ijodiy kechalarga qatnashishni xoxlaysizmi?

🟥 Men bilan hayotingizning har bir daqiqasiga o’zgartirish kiritib, go’zallik va aniq maqsadlar sari dadil qadam tashlay olasiz.

➡️ Men bilan bog'lanish:
@Moh_im

➡️ Ijodiy kanal havolasi:
https://t.iss.one/oy_nuri_uz_klub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
1 mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan sana.

ZULFIYAXONIMGA

Bahor sizdan andoza olgan,
Gul-yuzingiz husniga xushtor.
Siz tavallud topgan lahzada,
Gulzorimga kelgandi bahor.

Tonggi nasim mayin yuzingiz,
Silaganda boychechak kulgan.
Qahratondan zerikkan zamin,
Shu lahzada nurlarga to‘lgan.

Ijod sizga hamnafas bo‘lib,
Yo‘l yurdingiz-she’r bo‘ldi izlar.
Mana qancha yillar ortida,
Ko‘nglingizga havasmand qizlar.

Zulfiyasi bo‘lib o‘zbekning,
Har bahorda kelgaysiz yonib.
Shul bahona ko‘klam kulgaydir,
Qahraton qish zahrini yorib.

Sarvinoz Dadajonova,
Muhammad Yusuf nomidagi 
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan sana.

Zulfiyaxonim ijodidan

🎙Rayyona Alijonova
Muhammad Yusuf nomidagi 
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
OTAMSIZ KELGAN BAHOR

Sizsiz koʻklam keldi otajon,   
Sizsiz qaytdi bahorlar gʻarib. 
Qaldirgʻochlar ayvoningizda  
Chugʻurlashar sizni axtarib.   

Argʻumchoqlar solishib koʻkka,
Qaytib keldi yana turnalar.
Ular safi butmikan, ota
Ayriliqdan bagʻrim tirnalar.

Koʻm-koʻk libos kiydi barchasi,
Sizsiz chorbogʻ tutmoqda motam.
Afsus, qaytar har yil bahorlar,
Lek qaytmaskan gʻanimat odam.
Sizsiz koʻklam keldi otajon...

Sardor Sirojiddin
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi murabbiyi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi.

🔰Tanlov g'oliblari bilan tanishing!

📝Nazm (Zulfiyaxonim tilidan monolog yaratish) yo‘nalishi bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Ruhshona Saidmurodova Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

🥈2-o‘rin: Shohsanam Abduazimova
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-B sinf o‘quvchisi

🥉3-o‘rin: Shahnozabonu Ahmadullayeva
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
🥉3-o‘rin: Gulrux Mirzambetova
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi

📝 Badia yo‘nalishi bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Nafisa Aminboyeva Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi

🥈2-o‘rin: Kamola Komiljonova Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

🥉3-o‘rin: Go‘zal BotirovaOgahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi

🎬 Videorolik yo‘nalishi bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Yasmina Abdukarimxodjayeva Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi

🥈2-o‘rin: Ifora Olimjonova – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi

🥉3-o‘rin: Rayyona Omonova
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
🥉3-o‘rin: Madinabonu Abdurashidova Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi

❇️Tanlovda ishtirok etgan barcha o'quvchilarga ijod maktabi ma'muriyati o'z minnatdorchiligini bildiradi!

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TURON YO‘LBARSLARI

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 12-sonli buyrug‘i jrosini ta'minlash maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Andijon viloyati Milliy Gvardiya bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi o'tkazdi.

♻️Ijod maktabining 10-11 sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar safda yurish va saf elementlarini bajarish, saf qo'shig'ini ijro etish, 30 metr masofaga arqondan o'tish, AK-74 avtomatini yoyish va yig'ish, mohir mergan, kamondan o'q otish, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, umumqo'shin himoya vositalarini kiyish, turnikda tortinish, "Temur tuzuklari" bilimdoni shartlari bo‘yicha bellashdilar.

🔆Tadbir yakunida g‘oliblar va ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vafo_kuychisi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlov g'oliblari bilan tanishing!

🎬 Videorolik yo‘nalishi bo‘yicha

🥇1-o'rin Yasmina Abdukarimxodjayeva

🔰 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 7- sinf o'quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
O'rik gullaganda [Tarona.net]
Malika Egamberdiyeva
#retro

🎼O‘rik gullaganda
Hamid Olimjon
🎙Malika Egamberdiyeva

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim