Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_583_yoshda

🎤Ziyodaxon Abdujalilova,
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#Alisher_Navoiy_583_yoshda

Istadim

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim...
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam.
Ermas edi yorlikda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoq'tir sog'inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug'liq tolmadim,
Dayr piri xizmatiga ko'yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.

Alisher Navoiy

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#Alisher_Navoiy_583_yoshda

Ey, mugʻanniy, yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong oʻlsun gʻamim sharhidin ogʻoz aylasang.

Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila,
Nagʻmada udung lisonin sehripardoz aylasang.

Oʻzga olamdin xabar deb bizni tirguzdung ne tong,
Bu risolat birla gar izhori iʼjoz aylasang.

Rozim ar sozing lisonidin baʼid ul-fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dogʻi hamroz aylasang.

Otlanib, boshimni raxshingning ayogʻi ostigʻa,
Tigʻ birla solgʻudek masti sarandoz aylasang.

Parda yop roz uzrau doxil boʻl ushbu bazm aro
Kim, erur xorij agar beparda pardoz aylasang.

Chekmading lahne Navoiy koʻnglun istab, ayb emas,
Anglab oʻzungni, navo ahligʻa shahnoz aylasang.

Alisher Navoiy

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim