Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Ijod_maktabi
#aktyorlik_magorati

BESH MUHIM TASHABBUS IJROSI

Andijon shahridagi Prezident maktabida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining Aktyorlik to‘garagi o‘quvchilari tashrif buyurib, o‘z ijod namunalarini namoyish etdi.

Iijod maktabining ijodkor o‘quvchilari tomonidan o‘zining teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bilan Prezident maktabi jamoasini xushnud etdi. O‘quvchilar “Kelinlar qo‘zg‘oloni” va “Zumrad va Qimmat” kabi milliy sahna ko‘rinishlarini mahorat bilan ijro etdilar.

Bunday ijodiy chiqishlar Agentlik tizimidagi maktablarning hamkorligi va ahilligini oshirishga xizmat qiladi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_583_yoshda

🎤Ziyodaxon Abdujalilova,
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_583_yoshda

Istadim

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim...
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam.
Ermas edi yorlikda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoq'tir sog'inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug'liq tolmadim,
Dayr piri xizmatiga ko'yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.

Alisher Navoiy

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#Zamin_Creаtive
#Imtihon

Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul imtihonlari o'tkazildi.

❇️“Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha  aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan ushbu jarayonlarga ijod maktabi o'quvchilari va Xo'jaobod shahridagi  17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab hamda zaif eshituvchi bolalar maktabi o'quvchilari jalb etildi.

🔰“Zamin Creative” studiyalaridagi o'quv kurslari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini  samarali tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilib , unda ròyxatdan  o'tgan o'quvchilar ishtirok etmoqdalar. 

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#Zamin_Creаtive
#Imtihon

Muhammad Yusuf  nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga o‘tkazilgan qabul imtihonlaridan lavhalar

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim