Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
894 subscribers
8.14K photos
861 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#marafon

10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ma'naviyat_marafon
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

♻️O‘quvchi yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, ma'naviyat soatlari, taniqli insonlar ishtirokida mahorat darslari, hamda badiiy kechalar tashkil etildi.

https://t.iss.one/ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ma'naviyat_marafoni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkazildi.
ЎзАС 44-сон.pdf
5.6 MB
«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasining 2023 yil 10 noyabr kungi 44(4755)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ma'naviyat_marafoni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida "Milliy qadryatlar-millat ko‘rki" nomli Ma’naviyat marafoni o‘tkazildi.
Forwarded from Hilola Umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan turli sohalarda amalga oshirayotgan hamkorlik munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Ayni damda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning davlatimiz rahbari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Jahon hamjamiyatining nufuzli davlatlaridan biri bo‘lgan Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Ular orasida ta’lim va fan sohalari ham borligi juda quvonarli.

Aytish joizki, bugungi kunda Italiya davlati bilan ta’lim sohasida bir nechta loiyihalar amalga oshirilgan. Xususan vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning “Global Action” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda 2022-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Diplomacy Education» (Diplomatik ta’lim) dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida saralab olingan 9–10-sinf o‘quvchilari 2022-yilning may oyida Italiyaga safar qildilar. Safar chog‘ida ushbu mamlakatning siyosati bilan tanishish barobarida, mamlakat yoshlari bilan turli mavzularda fikr almashdilar. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz Italiyada o‘tkazilgan turli tanlovlarda ham qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining 12 nafar o‘quvchisi Pezaro shahrida tashkil etilgan Sun of Italy festivalida ishtirok etib, bir nechta yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflash vazirligi o‘rtasida maktab ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumi ta’lim sohasidagi ushbu munosabatlarni yanada yuqori va yangi bosqichga olib chiqishga imkon bermoqda.

Xususan, imzolangan hujjatga asosan endilikda O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida italyan tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, imkoniyati cheklangan bolajonlarimiz uchun surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha milliy malakali mutaxassislarni jalb etish, ularning metodlaridan foydalanish, Brayl alifbosida darsliklarni nashr etish tizimi takomillashtiriladi.

Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar nafaqat fan va ta’lim balki davlatimizning boshqa strategik yo‘nalishlarida ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.
#Mutolaa_uchun_tavsiya

🖇«Ona lochin vidosi» Gavharshodbegim obrazi badiiy adabiyotda keng va atroflicha gavdalantirilgan dastlabki asardir.

✍️Pirimqul Qodirov, «Ona lochin vidosi»

📜Qahramonning ona lochin deb atalishi bejiz emas. Kitobni o'qish jarayonida uning temuriylar saltanatida yorqin iz qoldirgan, ma'naviy dunyosi boy, aql-zakovatda zamonning eng peshqadam ayollaridan biri bo'lganiga ishonch hosil qilamiz. Zarur chog'larda qattiqqo'l, lekin vujudi ipakdek mayin va mehribon Gavharshodbegimning temuriyzodalarni tarbiyalash, navqiron iste'dodlarni kashf etish, ularni mehr-muruvvat bilan onalarcha parvarishlash singari fazilatlari, ayniqsa, Mirzo Ulug'bek, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy bilan boʻlgan munosabatlarida yorqin gavdalantiriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAJOT BILIMDA | 13.112023 YIL
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Ogahiydan_ikki_ğazal

* * *

Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga?
O‘tg‘a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga?

Istabon ul yuz tamoshasini ko‘zdin damba-dam,
Qon to‘karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga?

Hardam etkung orzu kofir ko‘zi nazzorasin,
Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga?

Lutfung etding xasta ko‘nglimdin darig‘, ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?

O‘zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?

Sel g‘amdin xonavayron o‘ldimu yod etmading,
Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga?

Ogahiy holin ko‘rub doim tag‘ofil qilg‘osan,
Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?


* * *

Mushkin qoshingning hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur nun eltibon sod ustina.

Qilg‘il tomosho qomati, zebosi birlan orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina.

Nozu ado-yu g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina.

Man xastag‘a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina.

Boshimg‘a yog‘g‘on g‘am toshi mingdin biricha bo‘lmag‘ay,
Gardun agar ming besutun yog‘dursa Farhod ustina.

Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamonu yaxshini —
Kim,mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.

Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur’at ila Ogahiy ochg‘ay og‘iz so‘z dergakim,
Yuz xayli g‘am qilmish hujum ul zor noshod ustina.
#Tanlov

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo'limlari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan o'tkazilgan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" ko'rik tanlovining hududiy bosqichlarida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ijodkor o'quvchilari faol ishtirok etmoqda.

♻️Ko‘rik-tanlovning Andijon shahar bosqichida nazm yo‘nalishi bo‘yicha ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umarova Marjonа hamda nasr yo‘nalishi bo‘yicha 9-sinf o‘quvchisi Asaloy Qobiljonоvalar faxrli birinni o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

https://t.iss.one/ima_myim