Forwarded from Hilola Umarova
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.
Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.
Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.
Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#18_noyabr
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i
🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritayotgan "Tasviriy san'at" to‘garagining navbatdagi mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi davalat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlandi.

18 noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.
OʻZBEKISTON BAYROGʻIGA
Azizim, ardogʻim, koʻzu qarogʻim,
Qarasam, har nedan husni boyrogʻim.
Koʻksiga oʻn ikki yulduz yarashib,
Manglayini hilol oʻpgan bayrogʻim.
Yashil ranging sening – yashnab turgan bogʻ,
Oq ranging – koʻngildir, oq, juda oppoq.
Tomirimda toza qon – qizil ranging,
Moviyliging osmon rangiga oʻrtoq.
Suysam, suygan sarim dilga oqar nur,
Koʻpayib boradi koʻksimda gʻurur.
Olamga oʻzbekcha istara sochib,
Hilpirasang mening jonimda huzur.
Buyuk davlat ramzi ekanliging chin,
Daxl yoʻqdir senga, yuksal, qad kergin.
Jahon ayvonida oʻz oʻrning bordir,
Oʻzbekistonman, deb hilpirayvergin.
Boqsam, teng-toʻshidan husni boyrogʻim,
Manglayin yulduz, oy oʻpgan bayrogʻim.
✍Zamira RO‘ZIYEVA,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlanadi.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 233-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgandagina o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg'uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go'zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda u qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o'n ikki yulduzga bo'lgan e'tiborimiz O'zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog'imizdagi 12 yulduz tasvirini o'zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o'z tuprog'ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#18_noyabr
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog'i
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Alijonova Shukronaxonning O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlangan ijodi

#Muqaddasdir_Vatan_bayroĝi
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
❇️ O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Ma'naviyat va ma'rifat soat"larida "Muqaddasdir, Vatan bayrog'i" shiori ostida ochiq darslar tashkil etildi.
✅ Ma'naviyat va ma'rifat soatlarida o'quvchilar bayroq davlatning, millatning g'ururi, iftixori ekanligini madh etuvchi she'rlar aytdilar. O'quvchilar tarixdan Najmiddin Kubrodek ulug' shayxning vatan bayrog'ini dushman qo'liga topshirmay jon berganligini faxr va g'urur bilan yodga oldilar.