Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.07K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Xushxabar

Iqtidorlimisiz?..

🔰Yurtimizning iqtidorli yoshlari uchun "Yangi O'zbekiston" universitetida grantlar taqdim etiladi!

🔹Sizda endi "Yangi O'zbekiston" universiteti talabasi bo'lish va ushbu grantlarni qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.

🔖”Yangi O’zbekiston” Universiteti yo‘nalishlari va qabul kvotasi:
🔹Mexanika muhandisligi (100 o’rin)
🔹Kimyo muhandisligi (100 o’rin)
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o’rin)

📌Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

❗️Eslatib o'tamiz, ”Yangi O'zbekiston” universitetiga qabul joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Hujjatlar
👉 https://newuzbekistanuniversity.uz/
#Xushxabar

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING 98 % BITIRUVCHISI TALABA BO‘LDI

✔️Bu yil Agentlik tizimidagi 6 ta ijod maktabi:

▶️ Nukus shahridagi I. Yusupov nomidagi ijod maktabi;
▶️Marg'ilon shahridagi E.Vohidov nomidagi ijod maktabi;
▶️ Andijon shahrida joylashgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
;
▶️Namangan viloyatidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
▶️ Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
▶️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablarini jami 160 nafar bitiruvchi tugatdi.

✔️Shundan 98 foizi xorijiy va mahalliy OTM larga o'qishga kirishdi.

⚡️Jumladan, Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 39 nafar bitiruvchisining hammasi mahalliy va xorijiy oliygohlar talabasi (ulardan 27 nafari mahalliy OTM larga, 12 nafari esa xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan) bo‘lishdi.

📌Agentlik tizimidagi qolgan 3 ta ijod maktabida 2020/2021-o'quv yilida bitiruvchi sinflar mavjud emas.
#Xushxabar

⚡️Yangi 2022-yil Agentligimiz faoliyati bilan bog'liq xushxabar bilan boshlandi!

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligining Facebook va Instagramdagi sahifalari rasmiy (verifikatsiya) maqomga ega bo'ldi.

❗️Endilikda mazkur belgi orqali Agentlikning rasmiy sahifalarini soxta sahifalardan osongina ajratib olishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Abdurahmonov Akmaljon Yunusbek o‘g‘li "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
#Xushxabar

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o’quvchilari ham bor:

🔹Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Azimjon Jamalov,

🔹Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi
Arislanbek Kalbayev va

🔹Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-sinf o’quvchi Akmaljon Abdurahmonov “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


✔️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH ILMIY-AMALIY MARKAZI TRENERLARI O'ZBEKISTONDA BIRINCHI BO'LIB XALQARO PDQ DASTURI KOORDINATORLARI MAQOMIGA EGA BO'LDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Emine Sheykhametova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi. Endi ular sertifikatlangan PDQ dastur yetakchisi sifatida faoliyat yuritishadi.

30 nafar ishtirokchilar orasida 2 nafar trenerimizning xalqaro sertifikatga ega bo'lganligi Markazning Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan akkredetatsiyadan o'tishiga birinchi qadamdir.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
#Xushxabar

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlab “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovini Andijon viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari yo‘nalishi bo‘yicha Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari jamlangan "Yoshlik bayozi" to‘plami faxrli uchinga o‘ringa munosib ko‘rildi.

@ptma_myim
Forwarded from Hilola Umarova
#Xushxabar

O'ZBEKISTON JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA MEZBONLIK QILADI!

Yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tibor, bu borada amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar jahon maydonida ham e'tirof etilayotgani bor gap.

O'zbekistonda o'tkazilayotgan ko'plab xalqaro fan musobaqalari esa Vatanimizning dunyoning ilmga chanqoq yoshlarini bir nuqtaga jamlovchi markazga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Xabaringiz bor, shu yilning may oyida O'zbekiston 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasiga mezbonlik qilgan, unda 16 ta mamlakatning eng yaxshi bo'lajak kimyogarlari kuch sinashishgan edi.

Mazkur tadbirning tashkilotchilaridan biri sifatida Agentligimiz ham olimpiada jarayonlarining yuqori saviyada tashkil etilishida o'z hissasini qo'shdi.

⚡️Bu borada yana bir quvonchli xabar - 2026-yildagi Jahon kimyo olimpiadasi ham O'zbekistonda o'tkaziladigan bo'ldi.

Kuni kecha Jahon kimyo olimpiadasi boshqaruv qo'mitasi bu haqidagi rasmiy rozilik xatini jo'natdi.

Alohida ta'kidlashim joiz, mazkur olimpiada har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadalarining biri hisoblanadi.

❗️Shu o'rinda yana bir gap: Jahon kimyo olimpiadasi ilk bora Markaziy Osiyo mintaqasida bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat yoqlab ovoz bergan.

❗️Tashkilotning boshqaruv qo’mitasida esa ayni paytda Agentligimiz vakili a’zo sifatida ishtirok etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
#Ijod_maktablari
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

O‘quvchilarni kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashda ko‘maklashish hamda ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ijod maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun "Publitsistika", "Dramaturgiya", "Xalq og‘zaki ijodi", "Adabiyot qoidalari", Adabiy jaroyon" kabi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

Mana shunday darslardan biri "Publitsistika" bo‘lib, bugun Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari uchun birinchi dars mashg‘ulotlarini "Andijonnoma" gazetasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, "Andijonnoma" gazetasi muhbiri Zilola Abdullayeva tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
#xushxabar
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning "Adabiyot va publitsistika" yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Asaloy Qobiljonova, ikkinchi o‘rinni esa 10-sinf o‘quvchisi Marjona Umarova qo‘lga kiritdi.

♻️O‘quvchilarmizning kelgusidagi o‘qish va ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

👉https://t.iss.one/ima_myim
#xushxabar
#Olimpiada_natijalari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining bir qator o‘quvchilari asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

11-sinf

Ingliz tili fani bo‘yicha

🔹Zaynobiddinov Abdullo - II o‘rin

10-sinf

Ona tili fani bo‘yicha

🔹Muhammadshokirova Ziyoda - I o‘rin
🔹Oribjonova Madinabonu - II o‘rin

9-sinf

Ona tili fani bo‘yicha

🔹Hakimova Rayyona - I o‘rin
🔹Abdujabborova Muattar - II o‘rin

👉https://t.iss.one/ima_myim
#xushxabar
#Olimpiada_natijalari

⚡️Respublika fan olimpiadalarining viloyat bosqichida ingliz tili bo‘yicha Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdullo Zaynobiddinov 82.7 ball bilan faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👉https://t.iss.one/ima_myim
#xushxabar

❇️O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda o‘tkazilgan "Kamalak yulduzlari" Respublika bolalar ijodiyot festivalining Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi.

♻️O‘tkazilgan festivalda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Rohila Ro‘zimannopova nazm yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni, 7-sinf o‘quvchisi Abdumajid Qurbonov nasr yo‘nalishi bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔱Festival nizomiga muvofiq har ikkala o‘quvchimiz festivalning Respublika laureati bo‘ldilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting
#Xushxabar
#Bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor

🔰Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarini saralab olindi.

❇️Quvonarli tarafi “ZIYOLILAR SCHOOL” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchilar ichida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 2 nafar o‘quvchisi borligidir.

🔷Abdujalilova Ziyoda -11-sinf o‘quvchisi
🔷Muhammadshokirova Ziyoda - 10-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/ima_myim
#xushxabar

BIZNI SHUNDAY O‘QUVCHILARIMIZ BOR

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ashurova Moxlaroy Umidjon qizi Bilim va malakalarini baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarida tarix fani bo‘yicha 82.8 ballni qo‘lga kiritdi va umumta'lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘ldi

❇️Moxlaroy Ashurovani bunday yuqori natijaga erishishida jonbozlik ko'rsatgan barcha ustozlarimizga minnatdorchilik bildirib, kelgusi o‘qish va ishlariga muvafaqqiyatlar tilab qolamiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.iss.one/ima_myim
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 2024 yil bitiruvchisi Ziyoda Abdujalilova "El yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan Ispaniya davlatining Lyuseri amaliy fanlar va san'at universitetiga 2024-2027 o‘quv yillari uchun bakalavr ta'lim dasturi asosida o‘qish uchun to‘liq grant yutib oldi va Ispaniya davlatiga o‘qish uchun jo‘nab ketti.

Ziyodaxonni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, kelgusi o‘qishiga muvaffaqiyat tilaymiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#xushxabar
#PhD

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy kengashning qaroriga asosan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Xalq ta'limi a'lochisi Dilfuzaxon Urmonovaga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi to‘g‘risidagi diplomi topshirildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi olima pedagog Dilfuza Mamasolyevnaga kelgusi ilmiy ishi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim