Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
867 subscribers
8.28K photos
866 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI

MUHAMMAD YUSUF NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA KITOB TAQDIMOTI
07.10.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#5_tashabbus_sport

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinflari o'rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi o'tkazildi. Musobaqa qizg'in tus oldi, o'quvchilar shartlar davomida shijoat bilan kuch sinashdilar
#11_oktyabr
#Xaqlqaro_qiz_farzand_kuni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

BOR BOʻLSIN

Qiz bor uyning fayzi boʻlak, deydilar,
Jannat yoʻli - qiz bor yoʻlak, deydilar.
Oʻngirimda oʻgʻlim yoʻq, deb oʻksimang,
Togʻ boʻlmasa, qir ham tirgak, deydilar.
Elning baxti botirlarga yor boʻlsin,
Ominalar, Xolidalar bor boʻlsin.

Qiz yoʻq yurtga koʻklamlar sep toʻsharmi?
Kelini yoʻq toʻylar toʻyga oʻxsharmi?
Qizlar borki, oʻlka omon, qoʻrgʻon but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor boʻlsin,
Maʼsudalar, Mahzunalar bor boʻlsin.

Qizi yoʻqning oysiz xomush osmoni,
Qizi borning qasrdir xonadoni.
Shu mungligʻu shu mushtipar parvonang,
Yigit yoʻlning, qiz koʻngilning sultoni.
Ota uyda har kuni bahor boʻlsin,
Mavludalar, Maʼsumalar bor boʻlsin.

Ey Muhammad, olti ogʻa-ining bor,
Birda yaxshi, birda yomon kuning bor.
Bir kun boshing botar boʻlsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor!!!
Sovchilari eshigida zor boʻlsin -
Nozimalar, Madinalar bor boʻlsin.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#Xalqaro_qizlar_kuni

📆 11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Agentligimiz tizimidagi maktablarda uchrashuvlar, sport musobaqalari, badiiy chiqishlar, sheʼrxonlik kechalari singari tadbirlar tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana oldidan "Til-ma'naviyat ko‘zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tizimidagi umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.