Tayinlov
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tavsiyasiga asosan Xojimatov Furqatbek Muhammadjon o‘g‘li Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik bo‘yicha rahbar- vatanparvarlik ruhida yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.
Furqatbek Xojimatov 1987 yilda Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2004-2008 yillarda Chirchiq Oliy Tank Muhandislik bilim yurtini Tank qo‘mondonlik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Harbiy unvoni Podpolkovnik.

#Andijon_shahar
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#5_tashabbus_sport
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi va Andijon shahar 43-umumta'lim maktabining 11-sinflari o'rtasida sportning Basketboll turi bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi

#ona_tilim_faxrim
📌 TANLOV
❇️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami munosabati bilan " O'zbek tili -milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida " O'zbek tili - qalbim tarjimoni" tanlovini e'lon qiladi.
♻️ Tanlov quyidagi shartlardan iborat:
1⃣ - shart. "O'zbek tili - qalbim tarjimoni " mavzusi aks etgan logotip yaratish;
2⃣ - shart . O'zbek tilining izohli lug'ati asosida audio hamda video dasturlar yaratish;
3⃣- shart.O'zbek tiliga rus,ingliz va boshqa tillardan tarjima qilingan asarlar ,ularning mualliflari ro'yxatini kompyuter grafikasidan foydalangan holda shakllantirish;
✅ Tanlovda Andijon viloyatidagi ijod,prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-11 sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Shartlar bo'yicha ijodiy ishlar 18- oktabrga qadar qabul qilinadi.
Tanlov yakuni bo'yicha ijodiy ish g'oliblari 20- oktabr kuni bo'lib o'tadigan bayram tadbirida taqdirlanadilar.

ONA TILIM
Ishq dedilar, Toxir-Zuxra, Layli-Majnun,
Hamsasini o‘qidilar chiqarmay un,
Hali hamon izlanishda bo‘lib ochun,
Navoiyning dostonida yashirin tilim.
Podshoxligi bolalikdan qo‘lin tortdi,
Jangu-jadal ona yurtdan yo‘lin tortdi,
Boburi zor, musofirlik o‘lmin topdi,
Shox o‘g‘lini shoir qilgan yashin tilim.
Mashvarati ilm fanni qilgan targ‘ib,
Qilich qaxrin so‘zlab o‘tdi mag‘rib, mashriq,
Bor mehrini millat uchun tutmay darig‘,
Temurining tuzuklarin tuzgan tilim.
Behbudiyning ko‘zlariga to‘ldi isyon,
Avloniyning so‘zlariga to‘ldi isyon,
Fitratida millat yongan Fitrat bir yon,
Bitta o‘qda cho‘lponlari to‘zgan tilim.
Devonai Mashrab kuyib dorga yetdi,
Or talashgan o‘g‘lonlari zorga yetdi,
Ishoqlari, Usmonlari xorga yetdi,
Bedil aytgan bedillarda sarson tilim.
Mehrobdagi chayonlarga aldanganim,
Ko‘zi mudom ufq ortiga qadalganim,
Shimolidan janubiga qadar g‘anim,
Shoqollarni yer tishlatgan arslon tilim.
O‘tgan kunlar Zaynablarga zamon bo‘ldi,
Kumushlari Otabekka armon bo‘ldi,
Haq deganlar xoin bo‘ldi, yomon bo‘ldi,
Qodiriyning qoniga erk chaygan tilim.
Muhammadi uzr so‘rab qildi faryod,
So‘zga tashna xalqdan so‘zlar adabiyot,
Chin bo‘g‘ilgan yuraklarga berib hayot,
Sitamlardan o‘zligiga qaytgan tilim.
Ona tilim, sen borliqni anglatganim,
Ona tilim, ko‘ksimga erk qadatganim,
Zabonimda yangrasa ham boshqa tillar,
Sen ko‘nglimning, sen so‘zimning hayratlari.
Sen tiriksan, men tirikman borim mening!
Ona tilim, millat tili, orim mening!
✍ Guliruxsor Ummatova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira.

Mustabidning zanjiriga boylangan sen,
Qancha yomgʻir, doʻlda qolib loylangan sen,
Bulbullarning xonishiga aylangan sen,
Navoiydan qolgan buyuk meros tilim.
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim.
Dedilar-ki: "savodsizsan oʻz tiling yoʻq"
Sendan oldin yaralgan-ku "Devonu... turk".
"Oh" demadi yuragiga qadalsa oʻq,
Qadim turkiy bobolardan meros tilim.
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
Til-bu asli maʼnaviyatning nonu tuzi,
Til-bu asli bir millatning yorugʻ yuzi,
Oʻz tilingdan ayro boʻlsang unut oʻzni.
Avloniyu Behbudiydan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
"Kecha-kunduz" koʻrdi qancha qaro tunlar,
Jozibasin koʻrsatganda "Oʻtgan kunlar",
Tomiringni choʻqib koʻrdi koʻr quzgʼunlar,
Choʻlpon, Fitrat, Qodiriydan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
Bosib oʻtding yorugʻ-qaro zamonlarni,
Yuragingdan yulib tashla tikonlarni,
Vaqti keldi endi gulgun davronlarni.
Men oʻzbekman, buyuk xalqdan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
✍Rohilaxon Roʻzimannopova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi qizlari diqqatiga!
Lider qizlar qidirilmoqda.
-Lider bo'lishni xohlaysizmi
-"Zulfiya", "Kelajak bunyodkori" kabi mukofotlarni olishni xohlaysizmi
-"Yosh kitobxon" tanlovida yutish, chet el universitetlarida o'qishni xohlasaysizmi
- Qandaydir ajoyib talant egasimisiz?
Ushbu fikrlar aynan siz haqingizda bo'lsa, unda jamoamizga qo'shiling!
Shartlar:
1-bosqich motivatsion xat:
"Nima uchun ushbu klubga qo'shilmoqchisiz?"
"Nima uchun biz sizni tanlashimiz kerak?"
150ta so'zdan oshmasligi kerak.
2-bosqich interview
Shoshiling! Oxirigi muddat 1-Noyabr.
Lider qizlar qidirilmoqda.
-Lider bo'lishni xohlaysizmi
-"Zulfiya", "Kelajak bunyodkori" kabi mukofotlarni olishni xohlaysizmi
-"Yosh kitobxon" tanlovida yutish, chet el universitetlarida o'qishni xohlasaysizmi
- Qandaydir ajoyib talant egasimisiz?
Ushbu fikrlar aynan siz haqingizda bo'lsa, unda jamoamizga qo'shiling!
Shartlar:
1-bosqich motivatsion xat:
"Nima uchun ushbu klubga qo'shilmoqchisiz?"
"Nima uchun biz sizni tanlashimiz kerak?"
150ta so'zdan oshmasligi kerak.
2-bosqich
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "5" KUN QOLDI❗️
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.
📚Quyida ijod maktabining o'qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Hamidova Shahloxon Bahodirjonovnaning o'z ijodidan o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rini ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

✍Shahlo Hamidova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Moziylarning quchoģida sen barhayot,
Sadolari yangroģimsan, ona tilim!
Ajdodlarim ash'orida mangu bayot,
Orim kabi ardoģimsan, ona tilim!
Sensiz mening sha'nim xarob, taqdirim gung,
Kimlar gòzal jozibangni qildi gurung,
Lablaringdan ketdi kulgu, ketmadi mung,
Yetmish yillik firoģimsan, ona tilim!
Sen Navoiy bitib ketgan doston eding,
Boyqarodan qolgan ģazal- bòston eding,
Uluģbekni olim qilgan osmon eding,
Shiroq tutgan mayoģimsan, ona tilim!
Chòlponimsan, Usmonimsan, Fitratimsan,
Forsiylarni lol aylagan fikratimsan,
Shoh Boburdan qolgan aziz dastxatimsan,
Kulib turgan qaroģimsan,ona tilim!
Sen borsanki, Abdullolar mangu uyģoq,
Va Muhammad Yusufingda shonli bayroq,
Quvonchimdan tillarimda shirin titroq,
Sònmas chashma buloģimsan, ona tilim!

#Ertalabki_saflanish
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida har haftaning seshanba kuni "Ertalabki saflanish" bo'lib o'tadi. Tadbir dastlab, O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
❇️Ijod maktab direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, bugungu kunda mamlakatimiz va dunyoda yuz betayotgan yangiliklari haqida ma'lumot berdi.
♻️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari o'rtasida o'quvchi almashish dasturi yo'lga qo'yilgan bo'lib, Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari bilan almashdilar.
✳️ Ma'naviyat nonushtasi ruknida o'quvchilar uchun mashhur amerikalik psixolog, tadbirkor Deyl Karnegining motivatsion, psixologik so'zlari o'qib eshittirildi.