Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
887 subscribers
8.1K photos
859 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Andijon viloyati hokimligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bolimi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, oliy o'quv yurtlari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamkorligida Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi xiyobonda O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan “Ulug'imsan, Vatanim” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bolib o`tdi.

Tadbirda shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari va yoshlar teatri jamoasi tomonidan shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi keng nishonlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
M.YUSUF TAVALLUD KUNIGA ROLIK | 25.04.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
M.YUSUF TAVALLUD KUNIGA ROLIK | 25.04.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
M.YUSUF TAVALLUD KUNIGA ROLIK | 25.04.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
OTAJON

Nazm gulshanida bulbul zabonim,
Tuygʻularga gʻulu solgan ummonim.
Oʻzgalar dardini oʻziniki deb,
Opichlab oʻtolgan ogʻir karvonim.
Tangrim aziz etgan ulugʻ insonim,
Sheʼriyat atalgan yurtga hoqonim.

Sizning chamanzorlar koʻrmasin ayoz,
Oʻzgaga oʻxshamas siz bitgan bayoz.
Sharaf deb atalgan baland qoyada,
Qismatdan shayxlardek topdingiz eʼzoz.
Tangrim aziz etgan ulugʻ insonim,
Yuzlab shogirdlarga temir qoʻrgʻonim.

Mushkuldir siz yurgan yoʻllardan yurmoq,
Sheʼriyat yurtida binolar qurmoq.
Baxtingiz topdingiz elning mehrida,
Davlatingiz edi kamolin koʻrmoq.
Tangrim aziz etgan ulugʻ insonim,
Halqiga ming bitta joni qurbonim.

Ozod yurt ilhomi boʻldi madadkor,
Savlatingiz bisyor yurtda ulugʻvor.
Kim yetdi,yetmadi kimlar bu kunga,
Zamonaga behad shukronangiz bor.
Tangrim aziz etgan ulugʻ insonim,
Vatanin koʻksiga bitta qalqonim.

Shohu-gadoning ham mehrin qozonib,
Dunyodan quyoshdek oʻtdingiz yonib.
Nazmingiz buloqdir  asrlar osha,
Chanqagan yuraklar simirsin qonib.
Tangrim aziz etgan ulugʻ insonim,
Toabad halqiga qadri osmonim!

Madina YUSUPOVA.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf farzandi