Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.07K photos
859 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot
YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETINING TAQDIMOTI O'TKAZILDI

Bugun, Andijon shahridagi Prezident maktabida "Yangi O‘zbekiston" universiteti haqida taqdimot bo'lib o'tdi. Taqdimotda Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning maslahatchilari, Prezident va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarining bitiruvchi o'quvchilari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida "Yangi O'zbekiston" universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, qabul jarayonlari va ta'lim tizimi haqida universitet rektori Baxtiyor Yuldashev tushunchalar berib o'tdi.

Taqdimot ishtirokchilari va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbir yakunida bitiruvchi o‘quvchilarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#audio_va_video_kitob
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#taqdimot

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun yo‘lda qo‘yilgan Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi a'zolari tomonidan Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining audio va video kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirok etgan tadbirda ijodkor o‘quvchilar tomonidan yaratilgan audio va video asar namoyish etildi.
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#taqdimot

⚡️O‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan ilk onlayn ta'lim platformasi yaratildi

"Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘zbek tili onlayn ta'lim platformasi yaratildi.

15-mart kuni Toshkent shahrida ushbu platformaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Ta'kidlanganidek, til – millat ko‘zgusidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi. Hozirgi globallashuv va axborot davrida ona tilimizni sofligicha saqlash va uni kelajak avlodga bezavol yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

O‘zbek tilini o‘rganish platformasi, avvalambor, o‘z yurtidan yiroqda yashayotgan barcha vatandoshlarimizga mo‘ljallangan.

Xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan ko‘pgina platformalar mavjud bo‘lib, aynan o‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan bu kabi yaxlit platforma ilk bor ishlab chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача ва мактаб таълими сифатини ошириш, педагоглар малакасини ошириш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества дошкольного и школьного образования, совершенствованию системы повышения квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#mening_birinch_kitobim
#taqdimot
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARINING ILK KITOBLARI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilarining "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida chop etilgan birinchi kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Azamat Kamolov, Agentlikning mas’ul xodimlari, ijodkor o‘quvchilar, shoir-yozuvchilar, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida ijod maktablari o‘quvchilari Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning "Istak", Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning "Iftixor", Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" nomli kitoblari chop etildi.

Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube