Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.03K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#9_MAY
#Muhammad_Yusuf_ijod_maktabi

💐9-may – Xotira va qadrlash kuni.

⚡️Ushbu sana munosabati bilan Andijon shahridagi Xotira maydonida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Ikkinchi jahon urushida yurt tinchligi va ozodligi, avlodlarning porloq istiqboli uchun jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Shundan so‘ng, ijod maktabi o‘quvchilari Andijon shahridagi Xotira maydonidagi " Motamsaro ona" haykalini rang-tasvir orqali suratlarda aks ettirdilar.
#9_may
#Xotira_va_qadrlash

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan "Yosh rsassomlar" ijodiy to‘garagi rahbari Xilola Akramova tashabbusi bilan "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" mavzusida tasvitiy san'at yo‘nalishida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#9_MAY
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔥9-may – Xotira va qadrlash kuni.

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ikkinchi jahon urushida yurt tinchligi va ozodligi, avlodlarning porloq istiqboli uchun jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan "Jasorat - millat g‘ururi va iftixori" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Buloqboshi tumani Uch tepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi, 100 yoshli Abdug‘ani ota G‘opporov va Maqsudaxon G‘oppotovalar xonadonida bo‘lishdi.

Abdug‘ani G‘opporov 1924 yil 5 yanvarda Buloqboshi tumanida tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i Maxsudaxon G‘opporova 1929 yilda tavallud topgan. Har ikkalasi ham hayot. Ularning shu kunga qadar 8 nafar farzandi, 35 nafar nabirasi, 92 nafar chevarasi hamda 15 nafar evarasi bor.

👉Bizni kuzatishda davom eting!
👇@ima_myim