Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.11K subscribers
10.2K photos
974 videos
53 files
2.11K links
Download Telegram
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_129

10 aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_689

Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.

Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.

O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_131

10-aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube