Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Prezident_maktablari
#Xalqaro_maktablar_kengashi_CIS
⚡️Xabar berganimizdek, shu yilning 3-aprelidan boshlab Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkiloti vakillari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, maktab faoliyatini o‘rgana boshladi.
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida agentlik direktori Alisher Ubbiyev va CIS Yaqin Sharq va Afrika maktablarini qo‘llab-quvvatlash va baholash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Doktor Sudha Govindsvami hamda Iain Stirlinglar uchrashdi.
Tadbirda Agentlik tomonidan Prezident maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa, mamlakatimizda ta'lim sohasidagi tub islohatlar haqida ko‘rgazmali materiallar taqdim qilindi.
Tashkilot vakillari aprel oyida bosqichma-bosqich tarzda Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarining faoliyatini o‘rganishadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube