Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#540_yil

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi Bobur maydonida keng jamoatchilik vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, qator davlatlardan tashrif buyurgan boburshunos olimlar hamda yoshlar ishtirokida viloyat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining direktori Shohistaxon Nurmatova boshchiligida o‘qituvchi va va o‘quvchilar ishtirok etib, adib haykali poyiga gullar qo‘yib, ta'zim bajo keltirdilar.
Ajab dunyo

Ikki buyuk shoir ikki musofir –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Sizni o‘ylatmasmi bu jumboq, bu sir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur...

Buni tasodifmi atayin, ayting,
Qitmir qismat o‘yni deyinmi yo bir?
Ko‘rib qo‘y, Turkiston, ikki sho‘x bayting –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Jafo etganga ham jabr qilmadik,
Gadoni siyladik goho, Xudo bir.
Daholarimiz qadriga yetmadik –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Yer yonar jahannam afg‘onda yal-yal,
Kulrang ko‘rpa yanglig‘ bulut yonodur.
Yonar ne tiklagan bo‘lsa bir mahal –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon,
Ikki buyuk dildan yo‘qdir sado bir.
Biz g‘animga bejang topshirgan qo‘rg‘on –
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.

Uchrashishmagandi ular hayotda,
Yoturlar yonma-yon ikki shaharda.
Nima deysiz endi, hayot – hayot-da,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Бугун Андижоннинг яна бир истеъдодли фарзанди, садоқат ва вафо куйчиси Саида Зуннунова таваллуд топган кун. Аёлларга чинакам намуна бўладиган сиймо.

***
Йўқламаган ҳар кунинг йилча бўлурми, ҳай-ҳай,
Шунчалик шафқат билмас дилча бўлурми, ҳай-ҳай.

Хуш суратинг бир нафас тарк этмас хаёлимни,
Кўз шаҳло-ю, қош эса нилча бўлурми, ҳай-ҳай.

Ҳар сўзда юз андиша қилғум донолиғингдан,
Кўнглингнинг нозиклиги қилча бўлурми, ҳай-ҳай.

Гоҳ ханжар, гоҳ асалдек сўзларингдан доғдамен,
Жон олиб, жон бергувчи тилча бўлурми, ҳай-ҳай.

Васлингнинг умидида дунёдан ўтиб боргум,
Қаноатда Саида филча бўлурми, ҳай-ҳай.
САИД АҲМАД ВА САИДАХОНИМ

Фалак, қизғонмайин ўз неъматингни,
Икки буюк дилга буюк ҳис солдинг!
Ногоҳ Саидаи омонатингни
Суйганин бағридан қайтариб олдинг…
Нечун дариғ тутдинг раҳм-шафқатни,
Ҳажр ўтида ёқдинг Саид Аҳмадни?!

Матонат мулкида ягона ўзи –
Вафо маликаси, шум қисмат қули.
Назмий чаман ичра янграгай сўзи,
Сўнмагай, сўлса-да умрининг гули!
Армонларга тўла фоний ҳаётни,
Тарк этди Саида Саид Аҳмадни!..

Эрк қушин хўрлаган хор замон узра
Маърифат маъвосин вайрон этганлар,
Тикондан туғ ясаб, гул макон узра
Жаҳолат байроғин баланд тутганлар –
Қаҳр ила бошига солиб туҳматни
Қаро чоҳга отди Саид Аҳмадни!..

Саида зор кутган ҳуррият фаслин
Саксон йил Самодан сўрди Саид Аҳмад!
Қўмсаса ғамгусор ёрининг васлин,
Андижонни кўзга сурди Саид Аҳмад!
Дўстлар, қадр этсангиз бу садоқатни,
Суртинг кўзингизга Саид Аҳмадни!

Хуршида Ваҳобжон қизи
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON AXBOROTI | Z.M.BOBUR TAVALLUDIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR. M.YUSUF IJOD MAKTABI 14.02.2023 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda vazir Hilola Umarova ham ishtirok etdi:

- Ajdodlarimizni bilish, ularni o'rganish o'tmishimizga va bugunimizga bo'lgan ehtirom hissini yanada oshiradi. Bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bir pallada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir mehmonlariga alohida kayfiyat baxsh etdi.

❗️Shuningdek, tadbir doirasida Navoiy va Bobur davrini o'zida aks ettirgan cholg'u asboblari, hunarmandchilik namunalari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

⚡️Ko'rgazmada, shuningdek eski va zamonaviy maktabda ta'lim olish jarayonlari ham sahnalashtirilganligi mehmonlarda katta tаassurot qoldirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Fotoreportaj

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube