Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur #Bobur_kabi_seving_Vatanni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda,shox va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

♻️ Tadbir jarayonida ijod maktabining o'quvchilari tomonidan Bobur shaxsi, ilmiy merosi,. avlodlarga qoldirgan boy ma'naviy xazinasi haqida ma'lumotlar, uning g'azallari, ruboiylari va tuyuqlaridan aytdilar.
Bobur nidosi

Yuragimda hijron olur zoʻr alanga,
Oh, Andijon, firogʻingda qalb qiylanar.
Hoki-poyim borurmikan oʻz Vatanga?
Sogʻinchim ayt ona yurtga,ey turnalar.

Axsikentning dalasida ungan urugʼ
Chirsillashi eshitilar qulogʻimga.
Oʻz yurtimdan kelgan barcha neʼmat ulugʻ,
Qovunining taʼmi turar dimogʻimda.

Ikki koʻzim suvdir va lek koʻnglimda oʻt,
Hind yurtida shoxman biroq koʻnglim gʻarib.
Urush degan choxdin oʻtdim oʻynatib ot,
Lek Vatanga qaytolmadim yurt axtarib.

Boburingman, oʻzga yurtda shox oʻgʻloning,
Sogʻinch mening koʻz yoshlarim qildi alvon.
Koʻzga surtib oʻlsam edi zar tuprogʻing,
"Anda jonim" qolib ketgan jon Andijon!

Roʻzimannopova Rohilaxon
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 7-sinf oʻquvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bobur armoni

Shahlo Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘qituvchisi
Bobur sog'inchi

Devona bo'ldimmi sog'inchli dildan?
Boburni so'radim Andajonimdan.
Ko'z yoshlarim meni tanimasin deb...
Baland qasr qurdim qorong'u tundan...

Men o'sha bamisli qudratli malak,
Olis manzillardan keltirgin darak.
Muhammad Boburni yod olmoq uchun
Quvonchim bo'l endi yulduzli falak.

Quvinchim yomg'ir-la yerga ulashgim
Ko'z yoshim ko'rganda mendan adashgin
Men yetmoq istagan manzilni ko'rgan
Ona tuprog'imdan mehr ulashgin


Bu kecha qog'ozni sirdoshim bildim,
Yolg'onchi she'rimni bitib ovundim.
Hayotdan, hayoldan,yurakdan bir so'z
Muhammad Boburni juda sog'indim.

Rahmatullayeva Odina
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi
ШОҲ БОБУР

Бунча узун оҳ тортдингиз, оҳ Бобур,
Муттаҳамлар дунёсида шоҳ Бобур.

Андижону Ҳинду — етти иқлимда
Топилмади Сизга бир додхоҳ, Бобур.

Оллоҳимнинг даргоҳлари кенг, лекин
Сиғдирмади Сизни бу даргоҳ, Бобур.

Кеча узун, манзил олис, йўл узоқ,
Сизга фақат ёлғиз ой ҳамроҳ, Бобур.

Нонкўр беклар, беоқибат мирзолар,
Кимлар Сизга қазмадилар чоҳ, Бобур.

Ғурбат бўлди охир тожу тахтингиз,
Подшоҳлар ҳам йиғларкан-да, воҳ Бобур!

Қисмат қаттиқ, алам бисёр, эл ғофил,
Бу дунёда борми бир дилхоҳ, Бобур?

Умри отда ўтган буюк мусофир,
Давлат надир асли, надир жоҳ, Бобур?

Шоирлиги шоҳлигидан улуғроқ,
Шоҳлиги ҳам шеъридай огоҳ, Бобур.

Алишербек дейсиз, назм султони,
Сиз ҳам шунда топдингиз паноҳ, Бобур.

Шамширингиз янглиғ Жайҳун ярқирар,
Кўкда моҳ ҳам Сизнинг мангу оҳ, Бобур.

Сирожиддин Саййид
Ўзбекистон халқ шоири
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Z.M.BOBUR G‘AZALLARI | 13.02.2023 YIL

🎙Gulyuz Abdumalikova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

https://t.iss.one/Andijon_TRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Z.M.BOBUR G‘AZALLARI | 13.02.2023 YIL

🎙Madinabonu Botirova&Sanjar Abdulhayev
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari

https://t.iss.one/Andijon_TRK
VATAN XAYOLI

Uchib ketdi olamga Oqsaroydan oq xatlar,
Oq xatlar emas ular, sog'inch, firoq, hasratlar,
Ruhu jonimga tutash mulki so'ngsiz sarhadlar,
Hazrat Sohibqironning toza niholi – Bobur.

Bori elga yaxshilik qilmoq nadir, bildik biz,
Siz Hind sori ketdingiz, siz sorig'a yeldik biz,
Siz Vatanga keldingiz, siz tomonga keldik biz,
Oh, bunchalar yorug'dir Vatan xayoli, Bobur.

Vatandan mujda kelsa, ayting qanda jon qoldi –
Shirin qovun ta'midan na-da tanda jon qoldi,
Samarqandda dil qoldi, Andijonda jon qoldi,
Bir mard yurt deb yig'lasa tutgay uvoli, Bobur.

Kishi g'arib ko'nglini tushungaydir g'urbatda,
G'urbat – bu g'ariblikdir, g'am-anduhdir, albatta,
Inson bilmas ne sir bor, dunyo degan turbatda,
Idrok etdim, bu kimning javob-savoli, Bobur.

To'xtamaydi Jayxunday so'zi – hayot kitobi,
Har ko'ngilda mavj urar, uning shiddat, shitobi,
Mahshargacha yangragay haq yo'lida xitobi,
Shundan doim balanddir dardu iqboli, Bobur.

Aytgan bilan tugamas, jon-jonimning jon so'zi,
Vatanim, millatimning har o'g'loni, har qizi,
Hazrat bobolarimning qutlug', muborak izi,
Humoyun ham Gulbadan, Komron, Hindoli Bobur.

Manim yonib aytganim bir xatti jahon bo'lgay,
Bo'yi ko'kka yetgan sarv, tik qaddi jahon bo'lgay,
Poydevori mustahkam, zo'r saddi jahon bo'lgay,
Jannatlardan xush nasim – yurtim shamoli, Bobur.

Uchib ketdi olamga Oqsaroydan oq xatlar,
Oq xatlar emas ular, sog'inch, firoq, oh xatlar,
Ruhu jonimga tutash mulki so'ngsiz sarhadlar,
Hazrat Sohibqironning toza niholi – Bobur.

G‘ayrat Majid

•┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•
Kanalimizga a'zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing. 👇👇👇
t.iss.one/gayratmajidijodi
•┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#540_yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 noyabr kungi "Buyuk shoir va olim, mashxur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida viloyatdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Bobur asarlarining bilimdonlari” ko‘rik tanlovi hamda "Boburni anglash" insholar tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi hamda adib tavalludiga bag‘ishlangan badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining direktori Shohistaxon Nurmatova, viloyat xalq ta'lim boshqarmasi mutaxassisi Shohruhbek Muvasaliyevlat ishtirok etib, g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.