Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Diqqat_tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, o‘zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusufning ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar ulug‘langan samimiy, sodda, o‘tli she’riyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish maqsadida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
1-yo‘nalish. Nazm yo’nalishi bo’yicha (shoir she’rlariga nazira bog’lash).
2-yo’nalish. Nasr yo’nalishi bo‘yicha (Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar Word,Times New Roman,12 shrift shaklida ).
3-yo’nalish. Badiiy publitsistika yo’nalishi bo‘yicha (essе yozish, shoir she’ridan tahliliy maqola Word, Times New Roman,12 shrift shaklida).

Tanlovda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib ishtirokchilarning ijodiy ishlari va tanlov tashkilotchilariga taqdim etiladi.

Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Tanlovning birinchi bosqichi barcha ijod maktablarida 2021-yil 10-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblarning ishi hamda ular haqidagi ma’lumotlar tanlov tashkilotchilariga quyidagi telegram raqami orqali yuboriladi:
Tashkilotchilar manzili:
(+998979907409, +998911699820)

Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir faxrli o‘ringa bir nafardan g‘oliblar aniqlanadi.
Tanlovda to’qqiz nafar g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblariga:
1-o’rin uchun (uchta yo‘nalishda) uyali telefon va 1-darajali diplom;
2-o’rin uchun(uchta yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 2-darajali diplom;
3-o’rin uchun(uchta yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 3-darajali diplom beriladi.

Tanlov go‘liblari 2021-yil 26-aprel kuni Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusida o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbirda taqdirlanadilar.

@piima_myim
#diqqat_tanlov

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Tong nafasi ilhomlari” ijodiy ishlar tanlovi 1-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladi.

«Tong nafasi ilhomlari” nomli ijodiy tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- nazm yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi she’rlar);

- nasr yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar);

- badiiy tarjima yo‘nalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari);

- “Erkin Vohidov ijodi bilimdonlari” yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan o‘tkaziladigan savol-javoblar).

🥇💐“Tong nafasi ilhomlari” nomli ijodiy tanlov ishtirokchilaridan har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar 1, 2, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblar hisoblanadi.

👍https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#Diqqat_tanlov
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
#540_yil

Buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini munosib nishonlash, shoir asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini chuqur anglab yetish, yoshlarning intellektual va manaviy salohiyatini oshirish, farzandlarimizni shu asosda Yangi Ozbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan orni va tasirini inobatga olib, mumtoz nasrimizning beqiyos namunasi bolmish “Boburnoma” asarini oqib –organish, uni o‘quvchi-yoshlar orasida keng targib qilish, Milliy test tizimiga tayyorlash, kreativ fikrlovchi iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, kitobxonlikni targ’ib qilish, ona tilimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, mutafakkir bobolarimizga ehtirom va meroslarini o'rganish,qadrlash maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi “Bobur Mirzo izdoshlari” viloyat tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda Andijon viloyatidagi Prezident, ixtisoslashtirilgan va umumtalim maktablarining 7-10-sinf o'quvchilari hamda ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichlari 5-10 fevral kunlari o‘tkaziladi. Viloyat bosqichi 11-fevral kuni ijod maktabida bo'lib o'tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlariga hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining tanlov tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin

Murojaat uchun telefonlar
+998 90 626 68 81
+998 99 490 76 00

Veb-sayt: www.mymaktab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @itma_myim

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda tizimdagi 7-11 sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
#diqqat_tanlov

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy tanlovlar e'lon qiladi.

🔷7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ona tilim - mening faxrim!” mavzusida insholar tanlovi

🔷7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Til va madaniyat” mavzusida qo‘lda chizilgan rasmlar tanlovi

🔷10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilida eng yaxshi nutq” mavzusida maqolalar va notiqlar tanlovi

🔷7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi she’rxon” tanlovi

Tanlov g‘oliblari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi rahbariyati tomonidan “Ajdodlardan meros o‘zligim - tilim” mavzusida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirda taqdirlanadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim