Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.15K subscribers
10.3K photos
979 videos
53 files
2.15K links
Download Telegram
#Tashrif
#Toshkent_Prezident_maktabi

Bugun Boshqirdiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Azat Badranov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'ldi. Mehmonlarni Agentlik direktori Hilola Umarova kutib oldi.

Azat Badranov yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tiborni hamda Prezident maktablari loyihasini alohida e'tirof etdi.

- "Prezident maktablari konsepsiyasi, ayniqsa ularning barcha viloyatlar markazida bir xil loyihada tashkil etilganligi, bu yerdagi muhit hamda yaratilgan sharoitlar tahsinga sazovor. Men yana Prezident maktablaridagi ta'lim dasturlari xorijiy yetakchi ta'lim dasturlar bilan integratsiyalashtirilganini e'tirof etmoqchiman. Bu o'quvchilarning xorijiy tajribani o'rganish bilan bir qatorda milliy qadriyatlar ruhida kamol topishida alohida ahamiyatga ega", dedi Azat Badranov.

✔️Mehmonlar uchun maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etildi hamda o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😉 Hammaga salom!

Nihoyat, yuzma-yuz ko‘rishib, bir ekojamoaga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldik!

🙌 Oldimizda - yangi tanishuvlar va qiziqarli uchrashuvlar.

Bugun yonimizda bo‘lmaganlar esa hoziroq onlayn ravishda qo‘shilishlari mumkin.

Dunyoda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan suhbatda ishtirok etamiz va juda muhim qisqartma - "BRM" so‘zi haqida bilib olamiz.

Qani, boshladik!

#Eco_Schools_Uzbekistan
#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Toshkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋Xayrli kun!

Bir-birimiz bilan tanishuvni timbildingdan boshlab, do‘stligimizni boshlash uchun eng qisqa yo‘lni topdik.

♻️Keyin Suv, Havo, Yer, Eko-tahlilchilar, Tabiiy resurslar va Ishlab chiquvchilar jamoalariga bo‘lindik. Ayni paytda bir butun #Eco_Schools_Uzbekistan oilasining ajralmas qismi bo‘lib qoldik.

#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Toshkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram