Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
890 subscribers
8.14K photos
860 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

❗️Hurmatli kuzatuvchilar!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish uchun bir vaqtning o'zida bir nechta maktabga ariza topshirsa bo'ladimi?

Yo'q, pedagog-kadrlar faqatgina bitta maktabga ishga kirish uchun ariza topshirishi mumkin.

Men yaqinda oliy malaka toifasini oldim, lekin hali sertifikatimni olganim yo'q. Job.piima.uz sayti orqali ariza to'ldirayotganda malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatimni yuklamasam ham bo'ladimi?

Siz ariza topshirayotganingizda malaka toifangizni belgilaysiz. Toifani tasdiqlovchi sertifikatni esa keyingi bosqichga o'tsangiz, taqdim etishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Call_center

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilishda davom etamiz.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish uchun job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tayotgan edik. Unda QR kodli diplomlarni ham yuklasak bo'ladimi?

Ha, QR kodli diplomlarni ham tizimga yuklash mumkin.

Men job.piima.uz sayti orqali ishga kirish uchun ariza topshirdim. Keyingi bosqichga o'tganim va test kuni haqida qanday bilsam bo'ladi?

Nomzodga 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgani hamda test jarayonlari haqida elektron pochta orqali xabar beriladi.

📞Call-markaz raqami: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga necha nafar o'quvchi qabul qilinadi?

2022-2023-o'quv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarga qabul 7-sinfga bo'lib o'tadi.

❗️Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:

🔸
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 20 nafar,
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 40 nafar va
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar o'quvchi qabul qilinadi.

❗️
O'quv yili yakunlangandan so'ng, o'quvchilar sonidan kelib chiqib, maktabning qabul kvotasi o'zgartirilishi mumkin.

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
_____

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirganda IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar beriladimi?

❗️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda 2022-2023- o‘quv yili qachondan boshlanishi rejalashtirilgan?

❗️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda 2022-2023- o‘quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

📌Eslatib o‘tamiz, qabul 30-iyunga qadar uzaytirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Imtihon_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga kechikib kelgan yoki hujjatida kamchilik aniqlanganligi uchun imtihonga kiritilmagan talabgorlarga imtihon topshirish uchun yana bir imkoniyat beriladimi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan bunday talabgorlarga 8-IYUL kuni qayta imtihon tashkil etiladi. Bugungi kunda imtihonga kechikib kelganlar va hujjatida kamchilik aniqlanganlarning ro'yxati shakllantirilmoqda.

Qayta imtihon kuni haqida ro'yxatdagi talabgor-o'quvchilarning telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Pedagog_kadrlar
#Kun_savoli

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning oylik ish haqqiga qo'shimcha ustamalar haqida ma'lumot bersangiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106 – sonli Farmoniga muvofiq Agentlik maktablarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar ish haqi fondining 100 foizi miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga muvofiq oyilik ish haqqiga 100 foizgacha ustamalar belgilanadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube