Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
890 subscribers
8.13K photos
860 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
🔰"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun davlat xizmatini rivojlantirishning yangi bosqichi sari muhim qadam

Joriy yilning 8-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni davlat xizmatlari sifati samaradorligi va natijadorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🔴Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari Xamidulla Inomov va Sarvar Saidov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida mazkur qonunchilik hujjatining mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritildi.

Jumladan, qabul qilingan Qonun ilg‘or jahon tajribasini o‘zida mujassam etgan hamda davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslanganligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-treningdan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Infografika

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni imzolandi.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Shuningdek, advokat ekspertiza xulosasini ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishi mumkin.

Sud ekspertlik faoliyati bilan nodavlat tashkilotlar shugʻullanishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi kiritildi.
#Янги_китоб

Иблиснинг қайтиши

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, "Дўстлик" ордени соҳиби Фарид Усмоннинг кичик воқеалар асосида яратилган ушбу китоби "Қамар медиа" нашриёти томонидан 1000 нусхада чоп этилди.

Устоз адибнинг ижодида улкан муваффақиятлар тилаб, келгусида яна янги асарлар кутиб қоламиз
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH ILMIY-AMALIY MARKAZI TRENERLARI O'ZBEKISTONDA BIRINCHI BO'LIB XALQARO PDQ DASTURI KOORDINATORLARI MAQOMIGA EGA BO'LDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Emine Sheykhametova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi. Endi ular sertifikatlangan PDQ dastur yetakchisi sifatida faoliyat yuritishadi.

30 nafar ishtirokchilar orasida 2 nafar trenerimizning xalqaro sertifikatga ega bo'lganligi Markazning Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan akkredetatsiyadan o'tishiga birinchi qadamdir.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
#Сўраган_эдингиз
#Pedagog_kadrlar
#Kun_savoli

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning oylik ish haqqiga qo'shimcha ustamalar haqida ma'lumot bersangiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106 – sonli Farmoniga muvofiq Agentlik maktablarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar ish haqi fondining 100 foizi miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga muvofiq oyilik ish haqqiga 100 foizgacha ustamalar belgilanadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_treninglar
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Andijon shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari uchun seminar trening jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

⚡️Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova videomurojaat orqali ishtirokchilarni tabrikladi va ularga omad tiladi.

📝Seminar trening jarayonlarida o'qituvchilar uchun dars o'tish metodikasi, o'quv jarayonini tashkil etilishi, yangi baholash tizimi, elektron jurnalni yuritish kabi mavzularda taqdimotlar amalga oshirilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook |Telegram|YouTube
Буюк мутафаккир ва қомусий олим Абу Райҳон Беруний таваллудининг 1050 йиллигини халқаро миқёсда кенг нишонлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍 https://uza.uz/posts/402049

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌