Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
884 subscribers
8.17K photos
862 videos
50 files
1.84K links
Download Telegram
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

Bugun, 24-mart kuni ingliz tili o’qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish xalqaro seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

✔️Tadbirni Markaz direktori Sherzod Yakubov ochib berdi:

- Sifatli ta’lim jamiyatni o’zgartira oladi. Bundagi hal qiluvchi kuch esa - malakali pedagoglardir. Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur trening bu yo’ldagi maqsadlarimizga erishishda yana bir qadam bo’lib xizmat qiladi.

✔️Nottingham Trent universitetining Akademik maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari professor Martin Seviour:

- Men ilk bora O’zbekistonga 1994-yilda kelganman. Bugun bu yerdagi katta o’zgarishlarga, xususan ta’lim tizimidagi islohotlarga guvoh bo’lib turibman. Ushbu treninglar o’qituvchilarning kelgusi faoliyati uchun samarali bo’ladi, deb umid qilaman.

Seminar-treninglar davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

KUTUBXONACHILAR UCHUN MAHORAT DARSLARI

⚡️Bugun, 25-mart kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi kutubxonachilar faoliyatini takomillashtirish maqsadida o'quv seminar-treninglari tashkil etildi.

Unda kutubxonalar faoliyatini yanada yaxshilash va innovatsion yangiliklardan boxabar bo'lib borish mavzularida taqdimot ishlari bo'lib o'tmoqda.

🔴Ayni paytda seminar-treninglar doirasida davomida Bookshare onlayn kutubxonasidan foydalanish tartiblari haqida taqdimot ishi bo'lib o'tmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

JAMOATCHILIKKA MAS'UL XODIMLAR UCHUN TRENING O'TKAZILDI

🔴Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va "Yangi O'zbekiston" universitetining OAV va jamoatchilikka mas'ul xodimlari uchun o'quv-treninglari bo'lib o'tmoqda.

❗️Seminar-treninglar “Axborot xizmatini samarali tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Biz axborot asrida yashayapmiz va shu jihatdan sodir bo'layotgan yangiliklarni tezkor hamda xolis yoritish juda muhimdir. Bugungi seminar-treninglarimiz ham bu borada mahoratingizni oshirishga qaratilgan. Umid qilamizki, bu yerda egallagan ko'nikmalaringiz kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo'ladi.

📍O'quv-treningda, shuningdek AOKA Davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Sadoqat Aslanova ham ishtirok etib, maruza qildi.

👉
Treninglar haqida saytimizda batafsil o'qing.
#Seminar_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida yangi baholash tizimiga o'tayotganligi munosabati bilan kriterial baholash tizimi mezonlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

Unda ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining pedagog-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

📆Seminar-treninglar 2 kun davom etadi.

📌Ma'lumot o'rnida, Agentlik tomonidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi-summativ baholash tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, unda baholash jarayonlarida inson omilini minimallashtirishga ustuvorlik berilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔴Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va psixologlari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

🔰Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, yosh avlodni vatanga sadoqat va ma'nan yetuk qilib tarbiyalash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Mazkur
seminar-treninglardan ko'zlangan maqsad ham bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maktab mas'ullariga metodik yordam ko'rsatishdan iborat.

O'ylaymanki, bugungi seminarda o'rgangan bilimlaringiz kelgusi faoliyatingizda ham asqotadi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-treningdan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun “Muvaffaqiyat strategiyasi” nomli seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarovaning video-murojaat orqali yig’ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Har qanday taraqqiyot ta’limdan, maktabdan boshlanadi. Zero, sifatli ta’lim tizimi va malakali o’qituvchi hamma narsani o’zgartira oladi. Bugungi seminar-treninglar ham yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish va yangi metodikalarni o’zlqshtirishga qaratilgan. Mazkur bilimlar kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo’lishiga ishonaman.

❗️Tadbirda, shuningdek, o’quv yili davomida yuqori ko’rsatkichlar qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.

📍Ma’lumot uchun, treninglarda 300 ga yaqin rahbar va pedagog-kadrlar ishtirok etishmoqda.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun

📷 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" seminar-treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.

❗️Treninglar fanlar kesimida - aniq, ijtimoiy va gumanitar yo'nalishda sho'balarga bo'lingan holda tashkil etilgan bo'lib, unda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

#2_kun #Fotoreportaj #Innovatsion_pedagogika

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

🔴IJOD MAKTABIDA ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN SEMINAR BO'LIB O'TMOQDA

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida ona tili va adabiyot fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish" mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishni Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev kirish so'zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga darsliklar va bugungi seminarning ahamiyati haqida so'zlab berdi.

🔰 Ushbu seminarda Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari fanni o'qitish metodikasini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy bilimlarini oshirmoqda.

❗️Shuningdek, seminar-trening doirasida 8- va 11-sinf yangi adabiyot darsligi taqdimoti ham tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#PDQ
#Seminar_trening

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning rahbar va pedagog-kadrlari uchun PDQ (Professional Development Qualification) dasturi yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

Seminar-treninglar Cambridge Assessment International Education tashkilotining PDQ dasturini joriy qilishda metodik ko'mak ko'rsatish maqsadida tashkil etilgan.

🔹Unda Agentlik tizimidagi Prezident va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan 29 nafar rahbar va pedagoglar ishtirok etishmoqda.

📆 Mazkur treninglar Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining trenerlari tomonidan 9-noyabrga qadar bo'lib o'tadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube