#Qaramaydi qayrilib
Qaramaydi qayrilib bir bor–
Men turibman ostonada zor.
Oyni uzib bersang ham menga,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
O'tinchlarim behuda, zorim,
Ilinjlarim- hammasi bekor.
Rashkim kelar, keladi orim,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
Toshoynaga termulib lekin,
O'zi o'sma tortib qoshiga,
Dugonasi yonida, tag'in
Tushib ketar buloq boshiga.
Jimman, biroq uzolmam ko'zim,
Kimlargadir qilaman havas,
Kelishmagan yigitman o'zim,
Sochlarim ham jingalak emas...
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
t.iss.one/ptma_myim
Qaramaydi qayrilib bir bor–
Men turibman ostonada zor.
Oyni uzib bersang ham menga,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
O'tinchlarim behuda, zorim,
Ilinjlarim- hammasi bekor.
Rashkim kelar, keladi orim,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
Toshoynaga termulib lekin,
O'zi o'sma tortib qoshiga,
Dugonasi yonida, tag'in
Tushib ketar buloq boshiga.
Jimman, biroq uzolmam ko'zim,
Kimlargadir qilaman havas,
Kelishmagan yigitman o'zim,
Sochlarim ham jingalak emas...
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
t.iss.one/ptma_myim