#maxsus_fan
O‘quvchilarni kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashda ko‘maklashish hamda ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida ijod maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari uchun "Publitsistika" darsi yo‘lga qo‘yilgan.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinflari uchun publitsistika fanining navbatdagi mashg‘ulotlari Andijon viloyati teleradiokompaniyasida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar teleradiokompaniyaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga viloyat teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari Ibrohimjon Zufarovdan atroflicha javob oldilar.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#olis_yaqin_ovozlar
Shaharlik…
(Opam tilidan)
Olis qishloq, olis bolalik,
Qaytolmayman bag‘ringga, ona.
Kulcha nonni bo‘lishib yegan,
O‘shal qizcha endi begona.
Girdob ekan bu shahar qurg‘ur,
Yutib ketdi meni benishon.
Betonlardan qurilgan uyim,
Ruhim uchun qafasdir, ishon.
O‘zanidan ayrilgan suvman,
Ildizi yo‘q giyohman asli.
Ayni bahor chog‘imda, ona,
Sochlarimga qo‘ndi qish fasli.
Kun keladi, qaytib boraman,
Sog‘inchlarning yoqasin yirtib.
Shunda alyor aytib boraman,
Bir shaharlik qishloqi bolib…
Mehriddin Sobirjonov
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Shaharlik…
(Opam tilidan)
Olis qishloq, olis bolalik,
Qaytolmayman bag‘ringga, ona.
Kulcha nonni bo‘lishib yegan,
O‘shal qizcha endi begona.
Girdob ekan bu shahar qurg‘ur,
Yutib ketdi meni benishon.
Betonlardan qurilgan uyim,
Ruhim uchun qafasdir, ishon.
O‘zanidan ayrilgan suvman,
Ildizi yo‘q giyohman asli.
Ayni bahor chog‘imda, ona,
Sochlarimga qo‘ndi qish fasli.
Kun keladi, qaytib boraman,
Sog‘inchlarning yoqasin yirtib.
Shunda alyor aytib boraman,
Bir shaharlik qishloqi bolib…
Mehriddin Sobirjonov
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Mahorat_darsi
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, ustoz-adib Farid Usmon tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
✅Dars mashg‘ulotlarida aruz vaznining badiiy mohiyati, nazmiy va nasriy asarlarning boy tarixi, hozirgi o‘zbek adabiyotining yoshlar ma'naviyati va tarbiyasiga tutgan o‘rni haqida o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashdi.
❇️ Qiziqarli savol-javob tariqasida o‘tkazilgan mashg‘ulot davomida ustoz adib o‘zining hayoti va faoliyati haqida to‘htaldi.

#zakovat
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish maqsadida 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Direktor kubogi" uchun "Zakovat" intellektual o‘yinlarining saralash bosqichi tashkil etildi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
👇Bizni kuzatishda davom eting