Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
889 subscribers
8.14K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#ustozlar_ijodi

SHOIR SEVGISI

Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu
Sho'xliklaringiz?...
Meni tanir xatto
Kipriklaringiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz

Ko'rib - ko'rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko'rsangiz ham
Olmaysizu tan.
Meni tanib xatto
Har kun ko'chamdan
Sochingiz qo'l silkib
O'tar, yorijon.

Bilaman, taxminan
Shunday o'ylaysiz:
Shoirlar - devona
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
O'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.

Yona-yona bir kun
Ko'yingizda men
Ado bo'ladurg'on
Shamga o'xshayman.
Eng go'zal she'rimni
To'yingizda men
Poyingizga gulxan
Qilib to'shayman.

Qo'rqmang. Yangrar qo'shiq,
Tugamas o'yin.
Ko'rganlar sizdan ko'z
Uzolmaydilar
Shoirlar buzolmas
Birovning to'yin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


@ima_myim
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
An’anaga ko‘ra, yil yakunida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida yurtimizning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdim.

2023/24-o‘quv yilida bu yoshlar – maktablarimiz o‘quvchilari nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erishdi – 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi! Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz.

Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida!


По сложившейся традиции в конце года я встретилась в Администрации Президента Узбекистана с юными умниками и умницами страны.

В 2023/24 учебном году наши ребята достигли невероятных результатов на престижных олимпиадах, завоевав 128 медалей, включая 15 золотых, 36 серебряных и 77 бронзовых!
Многие из них были лучшими по химии, математике, физике и информатике. Это рекордный показатель в истории Узбекистана, которым мы все гордимся.

Сердечно поздравляю наших героев и благодарю учителей и родителей за их вклад, веру и поддержку. Пусть этот успех станет лишь началом большого пути. За молодёжью —   будущее Узбекистана!
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarimizdagi o‘quvchilarning rekordlari — ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun kuchli rag‘bat bo‘lib, bu O‘zbekistondagi har bir bola o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish va umumiy kelajagimizga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

-

Рекорды наших школьников — это мощный стимул для дальнейшего развития и совершенствования системы образования, чтобы каждый ребёнок в Узбекистане имел возможность раскрыть свой потенциал и внести вклад в наше общее будущее.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat_final_time
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Zakovat bilimdonlari barchangizni 🏆"Direktor kubogi" uchun bo'lib o'tadigan yakuniy final o'yinlariga taklif qilamiz.

2024 yil 25-dekabr chorshanba kuni soat 15.00 да.

Ushbu final o'yinlarida ijod maktabining o‘quvchilaridan tarkib topgan 8 ta jamoa bellashadi.

❇️Unutilmas hayajonli daqiqalarni o'tkazib yubormang!!!

👇Bizni kuzatishda davom eting.
👉https://t.iss.one/ima_myim
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 1 nafar o‘qituvchisi va 9 nafar o‘quvchilari ingiliz tili fani bo‘yicha хalqaro til bilish darajasini hamda 1 nafar o‘quvchisi matematika fani bo‘yicha xalqaro SAT imtixonidan yuqori darajani qo‘lga kiritdi. Jumladan:

Ingliz tili fani bo‘yicha

🔷Dilshoda Nishonova C1 daraja
Ingliz tili fani o‘qituvchisi

10-sinf o‘quvchilari

🔹Obidova Madina C1 daraja
🔹Ahmadullayeva Mohigul C1 daraja
🔹Xusanboyeva Muhsinabonu B2 daraja
🔹Abdug‘aniyeva Donoxon B2 daraja

11-sinf o‘quvchilari

🔹Dilmurodjonova Ismigul B2 daraja,
🔹Oribjonova Madina B2 daraja,
🔹Rahimjonov Salohiddin B2 daraja,

9-sinf o‘quvchilari

🔹Alisherova Robiya B2 daraja,
🔹Murodjonov Muhammadabdulloh B1 daraja

Matematika fan bo‘yicha
(Xalqaro SAT imtihoni)


11-sinf o‘quvchisi

🔹Yuldashev Bekmuhammad
1130 ball

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

🔰Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur

✍🏻 Jaloliddin Rumiy

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

@hilola_umarova
Yulduz Usmonova - Qizil olma; Юлдуз Усмонова - Қизил олма
#retro

🎼Qizil olma
Muhammad Yusuf
🎙Yulduz Usmonova

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
QIZIL OLMA

Baland shoxda qizil olma
Pishgan ekan.
Uzib olib qarasam, qurt
Tushgan ekan.

Men olmani irg‘itvorsam,
U dod soldi:
Tashlab ketar ekan meni
Nega oldi?!

Qizil olma, qizil olma,
Men yengildim.
Dunyoi-dun deganlarin
Endi bildim...

Yuragim-ey, seni ne o‘y
O‘rtamoqda?
Sevgiga yo‘l bo‘lsin bizga
Bu chorbog‘da.

Baland shoxda qizil olma
Pishgan ekan...
Bizning boshga shunday savdo
Tushgan ekan.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉https://t.iss.one/ima_myim