Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
9.73K photos
954 videos
52 files
2.04K links
Download Telegram
#Konstitutsiya
#32_yil

Konstitutsiya madhiyasi

Bag‘ringdan ko‘klarga uchgaymiz baland,
Bunda qanot bo‘lgay - Bosh Qomusimiz.
Millat sha’ni deya kafolatlangan,
Jondan-da azizroq or-nomusimiz.

Sen Amir Temurdek shonli faxriyam,
Konstitutsiyam mening - yangroq madhiyam!

Keksa-yosh, o‘g‘il-qiz - bag‘ringda tengdir,
Qonunlar ustuvor - Haqdir kuchimiz.
Necha bir millatga quchoq ochgan Sen,
Shunday millatsevar, sherday kuchlimiz!

Sen Davlat tayanchi - shonli faxriyam,
Konstitutsiyam mening - yangroq madhiyam!

Sen gender tenglikni qo‘llagan bitik,
Dunyo maydoniga yuzlangan xitob.
Inson qadri uchun, iqboli uchun,
Yana ming yillarga yo‘l olgan kitob.

Sen yoshlar quvonchi - shonli faxriyam,
Konstitutsiyam mening - yangroq madhiyam!

Yangilan, yangi yo‘l yangi bo‘stondir,
Har yangi novdangda barq ursin hayot.
Ijod maktabidan ijodkor bolang,
To‘yona bo‘lsin deb bitmish zo‘r bayot!

Mohinabonu Botirova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi


👉@ima_myim
#Konstitutsiya
#32_yil

Qomusim

Xalqim uchun muqaddas kitob,
Inson qadrin aylagay hitob.
Erkinlikka boshlovchi oftob.
Sensan mening or-u nomusim,
Barhayot bo‘l, buyuk qomusim.

Odamiylik unda mujassam,
Erkin yashar barcha millat ham,
Adolatga tayanib har dam.
Kelajakka yo‘lchi yulduzim
Barhayot bo‘l, buyuk qomusim.

Qonunimiz ustundir bugun,
Xalq manfaati har nedan ustun.
Islohotlar xalq, inson uchun,
Jahon ichra barilla so‘zim,
Barhayot bo‘l, buyuk qomusim.

Millatimni millat qilguvchi ,
Fuqarolik davlat qurguvchi,
Yoshlarini qo‘llab, suyguvchi
Ulug‘ xalq bor quvonar ko‘zim,
Barhayot bo‘l, buyuk qomusim.

Qonun borki, tinchlik hukmron,
Qonun borki, muqaddas inson.
Huquq, burchni bilaylik har on,
Qonun bilan anglayman o‘zim
Barhayot bo‘l, buyuk qomusim!

Rohila Ro‘zimannopova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi


👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya
#32_yil

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
62-modda


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim