Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
886 subscribers
8.5K photos
875 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


Dastlab andijonlik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, mezbon o'quvchilar hamda tarbiyachilar hamrohligida O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ehtirom ko'rsatdilar. So'ng "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat qildilar.

📚Sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu  muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlari aks ettirilgan fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.