Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
876 subscribers
8.4K photos
869 videos
50 files
1.86K links
Download Telegram
#dastur_ijrosi_amalda

O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mehmon bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Andijon shahridagi "Navruz Mall" ko‘ngil ochar majmuasi va "Eco park" yoshlar bog‘iga sayohat uyushtirdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Dastur_ijrosi_amalda
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


Dastlab andijonlik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, mezbon o'quvchilar hamda tarbiyachilar hamrohligida O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ehtirom ko'rsatdilar. So'ng "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat qildilar.

📚Sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu  muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlari aks ettirilgan fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_to‘garak

🎼Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan Musiqa to‘garagining navbatdagi mashg‘ulotlari "Ustoz-shogirt" an'analari asosida tashkil etildi.

🎻Mashg‘ulotda Andijon viloyati namunali "Maqom" ansambili yakkaxon xonandasi Shaxbozbek Homidov ishtirok etib, o‘zbek va tojik xalqlarining musiqiy merosida o‘rin tutgan "Shashmaqom" mumtoz kuy va ashulalar majmui haqida o‘quvchilarga tushunchalar berdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#dastur_ijrosi_amalda

OʻQUVCHILAR ALMASHINUVI DASTURI AMALDA

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida boʻlib, tengdoshlari bilan ilmiy, ijodiy tajriba almashmoqda, Qashqadaryo viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Oʻz navbatida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidagi oʻquv jarayonlarida ishtirok etib, ijodiy va kasbiy toʻgaraklarda mahoratini oshirmoqda. Yoshlar Marhamat tumanida joylashgan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf uy muzeyi, Andijon viloyat Yoshlar kutubxonasi hamda Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabiga ham sayohat qildilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🟦🟦
🇰🇷Koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadasi tashkil qilinmoqda.

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi hamkorlikda 🇰🇷Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasi tashkil qilinadi.

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich hududlarda 1-dekabr kuni, yakuniy respublika bosqichi 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Ro'yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-2024-o‘quv yilida Koreys tili bo‘yicha I Respublika olimpiadasi tashkil etilgan edi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: korean-contest.softgo.uz

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM