IMA Matbuot kotibi
57 subscribers
391 photos
15 videos
1 file
95 links
Intellektual mulk agentligi Matbuot xizmati rahbari Feruz Jo'rayevning telegram kanali

Twitter: twitter.com/Feruz80948658
Facebook: facebook.com/feruz.jorayev

Agentlik telegram kanali - @uzbais
Download Telegram
2022−2023-yillarda O’zbekistonda iqtisodiy o’sish o’rtacha 5,5 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda

Fitch Ratings
agentligiga ko’ra, davlat qarzi 2021−2023 yillarda YAIMga nisbatan mos ravishda 42 foiz va 44 foizni tashkil etadi, ammo 2023 — yilda respublikaning davlat qarzi “BB” reytingiga ega davlatlarning medianasidan (YAIMga nisbatan 59 foiz) past darajada bo‘ladi.

2021-yilning 8- oktyabr kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Hisobotga ko‘ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingining bahosi BB — (barqaror kutilma) darajada tasdiqlandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, mamlakatimizning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralari, mo‘'tadil davlat qarzi darajasi va “BB” reytingiga ega mamlakatlarga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari respublika suveren kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillardan hisoblanadi.

Shu o‘rinda, mamlakatning xom-ashyo tovarlariga bog‘liqligi, institutsional va boshqaruv sifati darajalarining sustligi, yuqori inflyatsiya darajasi, va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotining (YAIM) pastligi respublika kredit reytingini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi hamda saylovlar yaqinligiga qaramay islohotlarni, xususan iqtisodiyotdagi yirik davlat korxonalarini transformatsiyasini amalga oshirishda ildamlamoqda.

Iqtisodiy islohotlar bilan birga hukumat mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy holatini yaxshilashni davom ettirishi qayd etilgan.

“Fitch"ning fikricha, navbatdagi islohotlarning murakkabligi, belgilangan muddatlar va islohotlardan ko‘zlangan yakuniy maqsadlar davlatning institutsional salohiyati uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘taydi.

Hisobotda aytilishicha, respublikada iqtisodiy o‘sish 2021- yilda 6,2 foizni, 2022−2023 yillarda o‘rtacha 5,5 foizga (“BB” reytingiga ega mamlakatlar medianasi 3,7 foiz) o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Agentlikka ko‘ra, davlat qarzi 2021−2023 yillarda YAIMga nisbatan mos ravishda 42 foiz va 44 foizni tashkil etadi, ammo 2023- yilda respublikaning davlat qarzi “BB” reytingiga ega davlatlarning medianasidan (YAIMga nisbatan 59 foiz) past darajada bo‘ladi.

Davlat qarzi hajmi tez sur’atlarda ortgan bo‘lsada, davlat tashqi qarzining 92 foizi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinganligi hamda davlat qarzining so‘ndirish muddatlari va xarajatlari nuqtai nazardan ijobiy omil sifatida keltirilgan.

Hisobotda hukumatning so‘mda qarz (davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish orqali) jalb qilishni oshirishga intilayotgani hamda 2020−2021 yillarda so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalari ijobiy baholangan.
Rossiyadagi suvtekin “inomarka”lar reytingiga o‘zbek avtomobillari ham kiritildi

Rossiyalik mutaxassislar mamlakat avtomobil bozoridagi eng arzon xorijiy mashinalar reytingini tuzdi. Ushbu reytingdan fransuz, koreys va o‘zbek avtomobillari joy oldi.

— Fransiyaning Renault Logan - $12 718;
— Fransiyaning Renault Sandero - $13 116;
— Nexia $11 235 - $12 416;
— Cobalt $11 386 - $13 116;
— Hyundai Solaris - $12 224 - $16 289

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar Rossiya bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Bu safar ham Nexia (818 ming 900 -904 ming 900 rubl) va Cobalt (829 900 - 955 900 rubl) mashinalari Rossiyadagi eng arzon “inomarka”lar reytingidan joy oldi.

Cobalt ham Rossiya bozorida mutlaqo yangi model emas. Avtohavaskorlar Cobalt haqida yaxshi fikrda. Texnik jihatdan mashina anchayin ishonchli va chidamli.

Janubiy Koreyaning Hyundai Solaris avtomobili ham Rossiyaning eng arzon “inomarka”lari reytingidan joy oldi. U 5-o‘rinni egallab, reytingni yopib berdi.
Diqqat! Kontrafakt doridan ehtiyot bo'ling!

Intellektual mulk agentligining Intellektual mulk himoyasi markazlari tomonidan dorixonalarda o'tkazilgan o'rganish ishlari natijasida kontrafakt dori vositalari aniqlandi.

💊Iste'molchilarni dori vositalarini xarid qilishda ogoh bo'lishni so'rab qolamiz.

🤔Xaridor kontrafakt dorini asl mahsulot bilan adashtirib sotib olishi oqibatida kutilgan natijaga ega bo'lmasligi mumkin.

🌀Аgar kontrafakt mahsulotga duch kelsangiz @ima_monitoring_bot telegram kanaliga murojaat qiling.

Yangiliklardan telegram kanalimiz orqali xabardor bo'ling
https://t.iss.one/uzbais
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💠Har bir inson qandaydir qobiliyatga ega. Inson aql idrokini ishlatib, ko’plab yaratmalar yaratishi mumkin. Shunday tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan va avtomobil yaratishga bo’lgan qiziqish 70 yoshli havaskorni o’z qo’llari bilan avtomobil yaratishga undadi.

🇺🇦Ukrainaning Nijin shahrida yashovchi konstruktor Mikola Tarakanov boshqa avtomobillar va qurilmalarning ehtiyot qismlaridan foydalangan holda, o'z chizmalari asosida kabriolet avtomobilini yaratdi.

🚙Havaskor kabriolet uchun dvigatelni BMWdan, bamperni "Volga" dan, spidometrni - velosipeddan va faralarni - xona lampalaridan foydalanib jihozladi.
Shuningdek, u mashinani olib qochishga qarshi o'z tizimini ishlab chiqdi.

👉“Bu mashg’ulot hayotim mazmuni emas, balki hayotga bo’lgan qiziqishdir”, deydi konstruktor.

🧐Siz ham izlanishdan to’xtamang, hayotga bo’lgan maqsadingiz sari intiling. Intellektual mulk ob’yektlarini yarating!
🇨🇦1920-yilda Kanadada yig'ma quvurlar ixtiro qilinadi.

🪝Quvur 21300 kg yuk ko'tarish quvvatiga ega.

🤔Lekin sinov mexanizmi ishlab chiqilmaganligi uchun ular quvurning mustahkamligiga ishonch hosil qilish kerak edi.

🏗Sinov uchun oddiy yo'l tutiladi: quvur ko'tara oladigan vazndagi yuk unga ortiladi quvurning mustahkamligi garovi sifatida esa ixtirochining shaxsan o'zi uning ichida o'tiradi.
Eng yuqori maosh oluvchi o'qituvchilar qaysi davlatlarda?

Bugun o'qituvchilar bayrami bo'lganlikdan ularga eng yuqori maosh to'lovchi Top-10 davlatlar ro'yxatini tuzib chiqdik. Unga ko'ra maosh qiymati quyidagicha (yiliga):

1. Shvetsariya — $110 000
2. Lyuksemberg — $100 000
3. Kanada — $74 000
4. Germaniya — $70 000
5. Nederlandiya — $67 000
6. Avstraliya — $67 000
7. AQSh — $60 000
8. Irlandiya — $53 000
9. Daniya — $52 500
10. Avstriya — $50 000

O'rta Osiyo davlatlarida esa o'qituvchilarning o'rtacha oylik maoshi quyidagicha:

1. O'zbekistonda - $200-$220
2. Qirg'izistonda - 200
3. Tojikistonda - $111
4. Qozog'istonda - $320-347 atrofida.
Teslaga raqobatchi kompaniya — Lucid Air elektrokarlari

Hozirgi davrda elektrokar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar juda ko'p. Hattoki mashxur Mercedes Benz, BMW singari kompaniyalar ham elektrokarlar ishlab chiqarishga moslashmoqdalar. Lekin ularning hech biri Tesla kompaniyasiga raqobatdosh bo'la olmaydi.

Ammo 10 yil bitta model ustida ish olib borgan, sifat jihatdan Teslaga bemalol raqobatdosh bo'lishi kutilayotgan Lucid Air kompaniyasi o'zining Air modeli elektrokarlarini taqdim etdi. Uning narxlari:

1. Air — 80 ming dollar
2. Air Touring — 1 quvvat orqali 653 km - 95 ming dollar
3. Air Grand Touring — 832 km - 139 ming dollar
4. Air Dream Edition — 809 km - 169 ming dollar
Biznesda BRENDning ahamiyati katta

👉Agar Siz muvaffaqiyatli biznesmen bo'lishni xohlasangiz unda albatta o'z brendingizni yarating. Chunki brend mahsulot oddiy mahsulotdan ko'ra bir necha barobar qimmat bo'ladi. Sababi mahsulot imiji va xaridorlar o'rtasida qadrlanishi uning narxiga ta'sir qiladi.

Misol uchun, asl Rolex soatlari narxi bir necha ming dollardan, bir necha yuz ming dollargacha, hattoki, auksionlarda bir necha million dollargacha yetadi. Ammo uning replikasi (ko'chirma nusxasi) yoki oddiy soatlar juda arzon turadi.

Rolex Oyster Perpetual — hozirda eng hamyonbop Rolex soatlaridan biri. Narxi $6,950;
Rolex Explorer II Black— 2010 yilda paydo bo'lgan model hisoblanib, narxi $11,795;
Rolex Datejust II — narxi $7,350 dan boshlanadi;
Rolex Submariner — 300 metr suv ostida ishlay oladigan model narxi $8,900;
Rolex Milgauss ‘Z-Blue’ Dial 2021— narxi $12,495.

Brend - bu tovarning boshqa mahsulotlardan ajralib turishi va uning o'zgachaligini anglatadi.
Telegram kanalida reklama postlari e'lon qilinishi mumkin

Endilikda 1000 kishidan ortiq foydalanuvchisi bor kanal egalari reklama orqali pul topishlari mumkin boʻladi.

®️Pavel Durov endilikda foydalanuvchilarga xalaqit bermaydigan koʻrinishda reklamalar berib borilishini eʼlon qilgan edi. 5-noyabrga oʻtar kechasi ana shunday reklamaning birinchisi paydo boʻldi.

🔸Ilk sinov reklamasi rus tilida yuritiluvchi bir nechta kanallarda paydo boʻlgan.

©️Birinchi reklama posti Pavel Durovning kanaliga olib borgan. Sinovni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin — Durovning kanaliga bir soat davomida 17 ming kishi qoʻshilgan.

👉Mazkur reklama yuqoridagi mezonlarga javob beradigan barcha kanallarda berildi.
Uy-joy sotib olish uchun eng qimmat shaharlar

Uy sotib olish uchun eng qimmat shaharlar reytingida bir necha yillardan buyon Monako yetakchilik qiladi.
Monakoda uylarning 1m² uchun o'rtacha narxi $58 319 dollarni tashkil etadi.
Boshqa shaharlardagi narxlar bilan yuqoridagi suratda tanishishingiz mumkin. (Suratda 1m² uchun butun shahar kesimida o'rtacha hisoblangan narxlar keltirilgan.)

Avvalroq, muqaddas Makka va Madina shaharlarida uy joy narxlarini yozgan edik. Batafsil

Makka shahrida 1m² uchun o'rtacha narx $100 000 dollarni tashkil etadi. Madinada esa 1m² narxi o'rtacha $60-$70 ming.

Lekin, Saudiya Arabistoni hukumati chet el fuqarolariga davlat ichida uy-joy sotib olishiga ruxsat bermaganligi uchun, Makka va Madina shaharlari eng qimmat uy-joylar reytingiga kiritilmaydi.

2020-yilgi tadqiqot natijasiga ko'ra Toshkent shahrida 1m² uchun o'rtacha narx $639.4 dollarga teng.

@NarxiQancha | Manba
Yashaganingiz uchun pul to'laydigan davlatlar!

Ha, adashmadingiz, shunday davlatlar borki, u yerga ko'chib borganingiz uchun sizga davlat pul to'laydi!

Alyaska, AQSh - mahaliy hukumat bu yerga istiqomat qilish uchun ko'chib kelgan insonlarga $2 000 to'laydi;

Utrext, Niderlandiya - bu shahar aholisi ishlasa-ishlamasa hukumat oyiga €1 000 to'laydi;

Detroyt, AQSh - qonunbuzarlik avjiga olgan bu shaharda qayta aholini shakllantirish maqsadida uy xarid qilgan odamga hukumat $20 000 foizsiz kredit berishni yo'lga qo'ygan.

Misima,Yaponiya- aholisi 400 ga yaqin bu orolga ko'chib kelganlarga hukumat 3 yil davomida har oy $1 000 to'lab beradi.

Nyu-Heven, Konnektikut - davlat uy xarid qilishni istaganlarga $10 000 foizsiz kredit berishni yo'lga qo'ygan. Agar siz u yerda 5 yil yashasangiz, davlat sizga berilgan kreditdan voz kechadi. Uy esa shubhasiz, sizniki bo'ladi.

Manba
“MANGO” brendidan noqonuniy foydalanish holatiga barham berildi

Brend xaridorlarda kompaniya haqida tasavvur paydo qiladi, uning yillar davomida to’plagan obro’si, tijoratdagi mavqeini anglatadi. Ammo aynan shu xususiyatlardan osongina foydalanish uchun ayrim “uddaburon” tadbirkorlar mashhur brenddan ruxsatsiz foydalanib, iste’molchida yolg’on tasavvur paydo qilishadi.

🔰 Shunday holat bo’yicha Farg’ona viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan Farg'ona shahrida “MANGO” brendidan asl huquq egasi ruxsatisiz foydalanib kelingan holati aniqlandi.

📄 Huquqbuzarlik yuzasidan tadbirkorga taqdimnoma kiritildi va savdo market peshlavhasidan asl huquq egasi “KARVON PRESTIJ” MCHJga tegishli bo’lgan “MANGO” xizmat ko‘rsatish belgisi olib tashlandi.

Umidjon Nazirov, Farg’ona viloyati Markaz rahbari:

— Intellektual mulk agentligi tomonidan nohalol raqobatga qarshi kurashish orqali asl tadbirkor manfaatlari, xaridorlar huquqlari himoya qilinadi va bozorda sog’lom raqobat muhiti vujudga keladi. Sohada huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida Intellektual mulk himoyasi markazlari respublikamiz viloyatlarida targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada keng olib borib,"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonun mazmuni haqida tushuntirish olib borishmoqda.

❗️Hurmatli tadbirkorlar! Qonunga rioya qiling va o'zgalar brendidan shartnoma asosida foydalaning yoki o'z brendingizni yarating!

Yangiliklardan telegram kanalimiz orqali xabardor bo'ling
https://t.iss.one/uzbais
Chet davlarda ota-ona farzandi ta'limi uchun qancha pul sarflaydi?

HSBC statistik ma'lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng qimmat ta'lim Hongkongdadir. Bu yerda boshlang‘ich sinfdan to universitetgacha ta'lim uchun ota-onalar 130 ming AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Bu faqat bir bola uchun.

Birlashgan Arab Amirliklarida bir bolani o‘qitish uchun kamida 100 000 dollar sarf qilinadi. Singapurlik ota-onalar qariyb 70 ming dollar sarflaydi.

AQShdagi har bir bola uchun ota-onalar o‘rtacha 58 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi, bu Hongkongdan deyarli ikki barobarga kam.

Ta'lim uchun eng kam xarajatlar Fransiyada bo'lib, bu yerda ota-onalar o‘rtacha 16 ming AQSh dollarini sarflaydi. Hindiston, Misr va Indoneziyada ota-onalar 20 ming dollardan kamroq mablag‘ ajratadi.

Farzandlariga yaxshi ta'lim berish uchun ota-onalarning 40 foizi kunlik xarajatlarni tejaydi, 21 foizi qo‘shimcha soat ishlashi kerak, 18 foizi esa ikkita ishda mehnat qiladi.
Osiyoning eng boy odamlari

Osiyo davlatlarida eng boy odam bu Alibaba asoschis Xitoylik Jek Ma bo'lib, uning hozirgi kundagi boyligi $38,8 mlrd ni tashkil etadi. Bu qita'ning 2-raqamli milliarderi esa Hindistonlik Mukesh Ambani, uning hisobida $36,8 mlrd mablag' bor.

Shuni ham aytib o'tishimiz kerakki, bu ro'yxatga faqat bitta O'rta Osiyalik, bizga qo'shni davlat bo'lgan Qozog'iston milliarderi Vladimir Kim ham kiritilgan va uning boyligi $3,7 mlrd ni tashkil etadi.

Xitoyning eng boy odami Jek Ma va Alibaba asoschisi Jo Tsay Nyu-Yorkka boshqa tibbiy jihozlar qatori 2 milliondan ortiq yuz niqoblarini hadya qilgan. Hindistonning eng boy odami Mukesh Ambani bosh vazirning favqulodda vaziyatlar fondiga 67 million dollar ajratgan.

Manbaa
СССРнинг собиқ раҳбари Михаил Горбачёв пиццани реклама қилган. У қанча гонорар олганини биласизми?

СССРнинг собиқ раҳбари Михаил Горбачёв пиццани реклама қилган.

Ресторанлар тармоғининг совет бозорига 1990 йилда кириши дастлаб СССР раҳбарияти ва Pizza Hut компаниясига эгалик қилувчи PepsiCo ўртасидаги "аср битими" доирасида амалга оширилган эди.

Аммо СССР парчаланганидан кейин тармоқнинг Россияда тарғиботи секинлашди. Шу сабабли, компания даврни яратувчи реклама ёрдамида рақобатни четлаб ўтишга қарор қилди. Бунинг учун америкаликлар пулни аямаган. Норасмий маълумотларга кўра, собиқ президентнинг гонорари 1 миллион доллардан ортиқни ташкил қилган. Музокаралар чоғида СССР собиқ президенти бир қанча шартларни тақдим этган. Биринчидан, у сценарийни тасдиқлаш ҳуқуқига эга бўлиши керак эди. Иккинчидан, у кадрда пицца истеъмол қилишни қатъиян рад этди. Шунга қарамай, кўпчилик ҳали ҳам Горбачевни видео учун танқид қилади, катта давлатнинг собиқ президенти пицца "сотишдан" уялмаганидан ғазабланади.
#Мушки_анбар_ҳақида

Арабларда қадимдан икки хил қимматбаҳо ва дабдабали атир тури бўлган.

Бири миск (мушк), иккинчиси анбар.
Мушк эркак оҳудан олинади.

Анбар эса китларнинг маълум турининг ошқозонида йиллар давомида ривожланадиган модда бўлади.

Анбар кити вафотидан олдин уни оғзи орқали ташқарига қайт қилиб чиқариб ташлайди.

Мазкур модда сув юзига чиқиб қолади. Ва сув устида оксидланиб, кристаллсимон шаклга киради.

Уни балиқчилар топиб, устидаги кераксиз моддалардан тозалаб аслини чиқаришади ва ундан қимматбаҳо, дабдабали атирлар тайёрланади.

"Мушки анбар" деганда "мушк ва анбар" дея икки атир тушунилади. Чунки, ҳар икки атир ҳам етишиш осон бўлмаган, қимматбаҳо ва ноёб атирлардан бўлган.

Алишер Султонходжаев
ҲЕЧ НИМА БОҚИЙ ЭМАС

Машхур актёр Арнольд Шварцнеггер ташқарида ўз ҳайкалининг тагида ухлаб ётган расмини жойлаштирди ва маъюслик билан: "Замонлар шунчалик ўзгарди" деб ёзди. Арнольд Калифорнияда губернатор бўлганида, шахсан ўзи шу меҳмонхонани очиб берган эди.

Ўшанда меҳмонхона раҳбарияти Арнольдга: "Хоҳлаган пайтда келиб сиз учун резерв қилинган номерни олишингиз мумкин" деб айтган эди. Арнольд губернатор лавозимини тарк этгач меҳмонхонага келганида унга текин хона беришдан бош тортиб, пул талаб қилишган, чунки уларнинг меҳмонхоналари одамлар ичида катта талабга эга бўлиб қолганди.

У ухлаш учун қоп олиб келиб, унинг тагида ухлади ва бунга шундай изоҳ берди: "Мен муҳим лавозимда бўлганимда улар доимо мени мақташган, мен у лавозимни йўқотгач, улар мени унутишди ва берган ваъдаларининг устидан чиқа олишмади. Ўз лавозимингизга, пулларингизга, кучингизга, обрўингизга ишонманг, ҳеч нима боқий эмас".
Salvadorda dunyodagi birinchi Kripto City quriladi

🪙Salvador prezidenti bitkoinlar iqtisodiy oʻsishga yordam berishi mumkinligini aytgan edi. Buning ortidan esa kriptovalyutalar mamlakatda rasmiy pul birligi sifatida tan olingan.

🏘Endilikda Salvador dunyodagi birinchi kriptovalyutali shahar qurish uchun bitkoin-obligatsiyalar chiqarishi haqida ma’lumotlar paydo boʻldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukelega tayanib, Reuters xabar bermoqda.

🏚Shahar Bitkoin Siti deb nomlanadi, u La-Yunion regionida bunyod etiladi.

🌋Rejaga koʻra, shahar vulqondan geotermal energiya oladi, uning aholisi esa qoʻshimcha qiymat soligʻidan boshqa barcha soliqlardan ozod boʻladi.

💴Bukelening qoʻshimcha qilishicha, Salvador 2022-yilda dastlabki bitkoin-obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirgan.

💡Ekspertlarning fikricha, kriptovalyutadan foydalanish salvadorliklarga mehnat migrantlarining xorijdan pul oʻtkazishdagi komission xarajatlarida $400 mln gacha tejashlariga imkon beradi.
#Intervyu

«Geografik koʼrsatkichlar toʼgʼrisida»gi qonun loyihasi qanday ahamiyatga ega?

Mahsulotning geografik ko’rsatkichni belgilashning qanday afzalligi bor?

Geografik ko’rsatkichni ommalashtirishda O’zbekistonning imkoniyati qanday?

🎙Intellektual mulk agentligi Matbuot xizmati rahbari Feruz Joʼrayev aynan shu masalada Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri bilan suhbatlashdi.

Intervyuda:

- Jahonda geografik ko’rsatkichga ega mahsulotlarga talab katta ekanligi;

- «Geografik koʼrsatkichlar toʼgʼrisida»gi qonun loyihasi oʼziga xos himoya tizimi ekanligi;

- “Chust pichogʼi”, “Buxoro gilami”, “Baxmal olmasi” kabi geografik ko’rsatkichlar paydo bo’lishi haqida ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

Intervyuni quyidagi havolada o’qishingiz mumkin: https://uza.uz/uz/posts/geografik-korsatkichlar-togrisidagi-qonunning-afzallik-zhihatlari-nimada_316650