Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
488 subscribers
5.19K photos
589 videos
27 files
1.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
#tayinlov

Prezident qarori bilan:

Alisher Toirovich Ubbiev - maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

Karimova E’zoza Gapirjanovna Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti Yoshlar masalalari va ma’vaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor etib tayinlandi.

🎗 E’zoza Gapirjanovnani yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#TAYINLOV

Jangirov Jo‘rabek Qarshiyevich Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

J.Jangirov "Ma’rifat" hamda "Ozbekiston adabiyoti va san'ati" gazetalarida, Yozuvchilar uyushmasida, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turli lavozimlarda, shuningdek, Matbuot va axborot agentligida matbuot kotibi – axborot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Tayinlov

Andijon shahridagi Prezident maktabiga yangi rahbar tayinlandi

Rislikboyev Sardorbek Ulug‘bek o‘g‘li - Andijon shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Andijon shahridagi Prezident maktabining Ingliz tili fani o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. Sardorbek Rislikboyevning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

YANGI MAKTABNING YANGI RAHBARI

Abdurahimov Abdujalil Abduhalil o‘g‘li - Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga direktor etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi mudiri lavozimida ishlagan. Abdujalil Abdurahimovning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube