Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
646 subscribers
3.79K photos
482 videos
18 files
1.32K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Manzilimiz: Andijon tuman Baxt MFY
Oltin vodiy koʻchasi 53-"A" uy
Download Telegram
📌 826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi

Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!

Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!

Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)


O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)

O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)

O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)

O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)

O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)

O‘zbek tili: 5 nafar

🔹Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)

O‘zbek tili: 1 nafar

ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.

✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
⚡️KVOTA-2025

BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent

Jami: 148 ming 400 ta.

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
⚡️KVOTA-2025

BAKALAVR. KECHKI
#abituriyent

Jami: 28 ming 732 ta.

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
⚡️KVOTA-2025

BAKALAVR. MASOFAVIY
#abituriyent

Jami: 18 ming 195 ta.

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Maqsadli_qabul_maktab_kvota_2025.pdf
10.7 MB
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL
#abituriyent

Maktab ta’limi sohasi uchun

Jami: 626 ta.

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Maqsadli_qabul_tibbiyot_kvota_2025.pdf
11.8 MB
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL
#abituriyent

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun

Jami: 1 ming 173 ta.

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL
#abituriyent

San’at sohasi uchun

Jami: 4 ta.

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sanʼat sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan teatrlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi.


👉 @xushnudbek 👈
🥰31
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi!

📎Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida Cambridge xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi!

📹 Bugungi kun jarayonlari videolavhada

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_taʼlim_muassasalari_agentligi
#01_10_1746_sonli_xati_ijrosi

Andijon viloyati Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi:
"Biz korrupsiyaga qarshimiz!"

#Bizni_kuzatishda_davom_eting

Telegram | Facebook
👍1🥰1