#uchinchi #renessans #tanlov

Uchinchi renessans-yoshlar nigohida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirzizoyevning O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish - Uchinchi Renessans davriga oid fikrlarining mazmun mohiyatini keng o ‘rganish hamda targ‘ib etish orqali o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, pedagoglarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish,ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish maqsadida Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktab o’quvchilari va pedagogik jamoasi o’rtasida Uchinchi renessans-yoshlar nigohida” nomli tanlovlar e’lon qilingan bo’lib, birinchi bosqichi - 30 yanvarga qadar davom etadi.

⚡️Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchlarini ham faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o ‘tkaziladi:

🔹xalqimiz qadriyati, urf-odat va an’analari hamda madaniyatini
o ‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;

🔹maktablarda sifatli bilim olishda o ‘quvchilarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o ‘quv jarayoni va metodikasini o ‘zgartirish yo‘llari;

🔹o ‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.

❗️Sizda g‘oya, taklif, loyiha bormi, marhamat tanlovda qatnashing va g‘oliblikni qo‘lga kiriting. Biz sizni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#XUSHXABAR_IJOD_MAKTABI
#FAN_OLIMPIADASI
#UCHINCHI_ÒRIN

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Komiljonova Kamola Jizzax viloyati II-guruh fanlari bo'yicha o'tkazilgan asosiy "Fan olimpiadalari"ning III-(Viloyat) bosqichida ona tili va adabiyot fanidan 77.2 ball to'plab, UCHINCHI O'RINni qo'lga kiritdi.

Ustozlar mehnati amalga oshdi, eng avvalo biz maktab jamoasiga tashakkur aytib qolamiz. O’qituvchi va o’quvchilarimizga kelajakdagi yuqori marralarda omad va zafarlar tilaymiz!

🥉💪Biz siz bilan faxrlanamiz!!!

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
#imtihon
#uchinchi_kun

📁Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ikkinchi bosqich ijodiy suhbatning 3-kuni boshlandi.

O‘tkazilayotgan imtihon jarayonlarida 7-sinflar yakunlanib, bugundan 8-, 9-, 10-sinflar jalb qilinmoqda…

📌Eslatib o'tamiz, imtihonning 2-bosqichi ya'ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniya va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlardagi chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlarida ustivorlik qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM