#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabida ota-onalarning ta'lim maskanida faoliyat yuritayotgan chet ellik o'qituvchilar, sinf rahbarlari va fan o'qituvchilari bilan muloqoti tashkil etildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinflari o'rtasida O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari bo'yicha “Kitobxonlik” tanlovi o'tkazildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, senator Farmon Toshev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Marjona Umarova AQShdagi "Marymount Manhattan College" oliygohiga o'qishga qabul qilinib, 64,000 AQSH dollari miqdoridagi grant sohibasiga aylandi

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida basketbol bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqasining final o'yini bo'lib o'tdi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Kitobsevar millat" shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktab matematika fani o‘qituvchisi Elyor Xatamov Xalqaro darajadagi GRE (Graduate Record Examination) imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, yuqori natijani qo‘lga kiritdi va sertifikat sohibiga aylandi.

Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fanidan Alisher Navoiy nomidagi olimpiada tashkil etildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" aksiyasi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mushoira" bellashuvi  o'tkazildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Ilm sari ilk qadam" loyihasi doirasida  yuqori sinf o’quvchilarining mustaqil ilmiy ishlari himoyasi bo’lib o’tmoqda.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida «O‘ZBEGIM» jurnalining 2024-yil 2-soni nashrdan chiqdi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligini munosabati bilan “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida vatanparvarlik mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Termiz shahridagi
Prezident maktabi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida
"Kimyoviy tong" va “Biologik tong” oʻtkazildi.

Erkin Vohidov, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablarida adabiyotshunos Baxodır Karimov mahorat darsi tashkil etildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida mushoira
o‘tkazildi.

Ogahiy ijod maktabida "Tarix arenasi” intelektual oʻyini
boʻlib oʻtdi.

Mirzo Ulug‘bek maktabi o‘quvchilari ekologik loyiha doirasida tabiatga
gʻamxoʻrlik qildi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida shaxmat turniri
bo‘lib o‘tdi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Qo'qon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro taʻlim grantini qoʻlga kiritdi.

Baxmal, Uzun, Chinoz, Shovot tumanlari va Namangan, Urganch shaharlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari chet tili boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kitob yarmarkasi
tashkil etildi.

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Ichki ishlar boʻlimi faoliyati bilan
tanishdi.

Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Gulnora Bozorova Oʻzbekiston chempionatida I-oʻrinni
egalladi.

Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabda bitiruvchilar, ota-onalar va fan o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv
o‘tkazildi.

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Davlat xizmatlari markaziga
ekskursiya qildi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IDP IELTS test markazi instruktorlari ishtirokida seminar-trening
oʻtkazildi.

Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Toshkent shahriga
sayohat qildi.

Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Liderlar olimpiadasi"
oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Namangan shahridagi Prezident maktabida 5-sinf oʻquvchilarining ingliz tili fanidan III chorak uchun loyiha ishlari taqdimoti
oʻtkazildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi hamda Andijon davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi 8-9-sinf oʻquvchilari CEFR imtihonida ishtirok etib, yuqori natijalar
koʻrsatdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida oʻquvchi-qizlar ishtirokida davra suhbati
boʻlib oʻtdi.

Ibroyım Yusupov nomidagi ijod maktabida kitobxonlik tanlovi
oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Oʻlkamda Navroʻz bugun”nomli madaniy dastur
tayyorlandi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, adabiyotshunos olim Suvon Meliyev mahorat darsi
oʻtkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Men o’zimga ishonaman” mavzusida trening
tashkil qilindi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi
oʻtkazildi.

Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Shahriyorbek Abdusalomov Taekwondo WT sport turi boʻyicha Surxondaryo viloyati kubogida faxrli oʻrinni
egalladi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Orzular xaritasi" nomli psixotrening mashgʻuloti
oʻtkazildi.

Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari ishtirokida "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbati
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabida pedagog-xodimlar uchun psixologik trening oʻtkazildi.

2-aprel – Xalqaro bolalar kitoblari kuni
doirasida Namangan shahridagi Prezident maktabi, Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahridagi Prezident maktabi, Samarqand shahridagi Prezident maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Denov, Qiziriq, Sherobod , Muzrabot, Koson, Qoʻshkoʻpir, Uchqoʻrgʻon, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Namangan, Nukus tumanlari va Termiz, Xiva shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Ruhshona Jumanazarova 4 ta xorijiy universitetga
oʻqishga kirdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Nyu-York universiteti Abu Dabi filiali vakillari bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Abdulla Ulug‘ov mahorat darsi
o‘tkazildi.

Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi baholash tizimi boʻyicha o‘quv-amaliy seminar
tashkil etildi.

Chinoz, Jarqo’rg’on, Denov, Kasbi, Kitob, Paxtakor, Zarbdor, Boyovut, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Jizzax, Andijon shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy va xorijiy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Jizzax davlat pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilariga "Vatan tayanchi" koʻkrak nishonlari
topshirildi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Islomjon Joʻraboyev akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining saralash musobaqasida
1-o‘rinni egalladi.

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Turkmanistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi gʻolibi Maqsadbek Egamberdiyev tantanali
kutib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida pedagog-murabbiylar oʻrtasida "Zakovat" intellektual musobaqasi oʻtkazildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Qashqadaryo viloyat Gidrometeorologiya boshqarmasi faoliyati bilan
tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari ishtirokida uchrashuv
bo’lib o’tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi pedagoglari Abdulhamid Cho‘lpon jamoat fondining "Abdulhamid Cho‘lpon" esdalik nishoni bilan
taqdirlandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Asror Mo‘min tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adabiy kecha
o‘tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminariga
yoʻllanma oldi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh hamshiralar" koʻrik-tanlovi
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti vakillari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Qumqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Termiz muhandislik-texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ota-onalar uchun "Zakovat" intellektual musobaqasi
tashkil etildi.

Qo‘qon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Adliya vazirligi rahbariyati
tashrif buyurdi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Sharda University" fan olimpiadasida
gʻolib boʻldi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtidorli talabalari bilan muloqot
tashkil etildi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Biz baxtli oilamiz" mavzusida rasmlar tanlovi
oʻtkazildi.

Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi xalqaro taʼlim grantini qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar

Buxoro, Nurafshon shahridagi Prezident maktablarida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida adabiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida mashgʻulotlarda yaratilgan oʻyin va dasturlar taqdimoti
oʻtkazildi.

Andijon, Toshkent, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Jizzax, Navoiy, Xiva sharidagi Prezident maktablarida sport musobaqalari tashkil etildi.

Toshkent, Nukus, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida olimpiada va tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar
taqdirlandi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot–kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida haftaning har shanbasi "sport kuni" deb
belgilandi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oratory club" loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi  “Mushoira” tanlovida
gʻolib boʻldi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Koreya ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Shayxontohur, Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ilm-fan namoyandalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan maktab olimpiadasi
oʻtkazildi.

Olmazor, Peshku, Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat qildi.

Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablari uchun yangi baholash tizimi boʻyicha seminar-treninglar
oʻtkazildi.

Janubiy Koreyaning "Robotics Ware" jamoasi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar

Buxoro, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Koreya Respublikasining hududiy ta’lim qo‘mitasi vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan
tanishdi.

Guliston, Qarshi shahridagi Prezident maktablari o‘quvchilari yuqori natija bilan xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Start-Up” loyihalar tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabi va Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik  memorandumi
imzolandi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan muloqot
o‘tkazildi.

Toshkent, Nurafshon, Namangan
shahridagi Prezident maktablari,
Halima Xudoyberdiyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida “Xalqaro tinchlik kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar va sport musobaqalari tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida Urganch tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni"
o‘tkazildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi
bo‘lib o‘tdi.  

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ijodiy tanlov
e’lon qilindi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yosh akademiklar” klubi faoliyati
yoʻlga qoʻyildi.

Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari
o‘zaro tajriba almashdi.

Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxona fondiga qiymati 25 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi
topshirildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi va Sirdaryo viloyat yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ICT WEEK haftaligida
ishtirok etdi.

Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida o‘quv-uslubiy yig‘in
o‘tkazildi.

Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi ta’lim maskanlari pedagoglari ishtirokida yangi baholash tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube