#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

HAMID OLIMJON VA ZULFIYA NOMIDAGI IJOD MAKTABINING INGLIZ TILI O'QITUVCHISI BUYUK BRITANIYADA MALAKA OSHIRISHMOQDA!

🔴 Ayni damda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilar delegatsiyasi Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida bo'lib turishibdi.

Mazkur delegatsiya tarkibida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 nafar ingliz tili o'qituvchisi ishtirok etmoqda. Unda ijod maktabimizning oliy toifali o‘qituvchisi Ashurova Zulfiya ham ishtirok etmoqda.

🔰Trening 3 kun offlayn, 8 hafta onlayn vebinar tarzida davom etdi. Ayni damda Buyuk Britaniyada malaka oshirayotgan 9 nafar o'qituvchi ushbu vebinarlarda faol ishtirok etgan va yakuniy esselar tanlovi natijalariga ko'ra saralab olindi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram

@ikki_qalb_izdoshlari
#Xorijiy_hamkorlik
#Buyuk_Britaniya

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'qituvchilar delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida bo'lib turishibdi.

Dastur davomida ishtirokchilar Nottingham Trent universiteti professorlari tomonidan tashkil etilgan kasbiy rivojlanish treninglarida qatnashishdi va Buyuk Britaniyaning diqqatga sazovor joylarida bo'lishdi.

❗️Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida Carlton le Willovs maktabida Agentlik va tizimidagi maktablar faoliyati taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#xorijiy_hamkorlik

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun bilim va malakalarini oshirish boʻyicha onlayn trening oʻtkazilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda Fransiyaning AGIRabcd xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tizimdagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish treninglari tashkil etilmoqda.

Treninglar davomida AGIRabcd professor-oʻqituvchilari pedagoglarimizga xorijiy tilni oʻqitishga oid metodik tavsiyalar bermoqda, yangi pedagogik koʻnikmalar bilan boʻlishmoqda.

Treningdan koʻzlangan maqsad, tizimdagi fransuz tili oʻqituvchilarini kasbiy rivojlanishlariga koʻmaklashish va maktablarda mazkur xorijiy tilni ikkinchi til sifatida oʻqitishda samaradorlikni oshirishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur safar ta'lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikning yangi qirralarini aniqlash, tegishli yo‘nalishlarda bilim va malakalarni oshirish maqsadlarini o‘z ichiga oladi.

Koreya Respublikasining Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta'lim sohasida hamkorlik yuqori darajada davom etayotgani, koʻplab sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham manfaatli aloqalari izchil rivojlanayotgani taʼkidlandi.

O‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutuvchi yangi loyihalarni yo’lga qo’yish borasida so’z bordi.

Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun Koreya Respublikasining Incheon xalqaro maktablar kampusiga ta’lim sayohat uyushtirildi. Unda mazkur maskanning direktori xalqaro maktab haqida to’liq ma’lumot berdi. Shundan so’ng, malakali mutaxassislar tomonidan maktab bo’ylab ekskursiyalar tashkil qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida III Incheon ta’lim festivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda jahonning 20 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan 50 dan ortiq ta’lim tashkilotlari qatorida Agentlik delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun III Incheon ta’lim festivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston ta’lim delegatsiyasi a’zolariga faol ishtiroklari uchun mezbon davlat tomonidan alohida minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, ikki do’st mamlakat o’rtasida barcha sohalar kabi shiddat bilan rivojlanib borayotgan ta’lim yo’nalishida ham yanada yaqindan va izchil o’zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar so’nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng islohotlarni e’tirof etar ekan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Agentlikka do’stona munosabatlar uchun o’z tashakkurlarini izhor etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM