#Taqdirlash
#Ijod_maktabi

⚡️👏Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan o'tkazilgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Bobur – dilbar shaxs” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi yo’nalishlari bo’yicha g’oliblar taqdirlandi. Unga ko’ra:

1-yo’nalish: nazm yo’nalishi bo’yicha
1-o’rin. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Boshmonova Nasiba

2-yo’nalish: tasviriy san’at yo’nalishi bo’yicha
2-o’rin. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Axrorov Islombek

3-yo’nalish: badiiy publisistika yo’nalishi bo’yicha
3-o’rin. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Nurullayeva Ruxshona faxrli o'rinlarni egallashdi.
G’oliblik bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
#Taqdirlash
#Viloyat_hokimi

Bugun Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev “Xalqaro Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan viloyatimizdan bir guruh davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarni keng jamoatchilik oldida tabriklab, viloyat hokimi faxriy yorligʻi hamda sovgʻalarini topshirdi.

Jumladan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori “Shuhrat” medali sohibasi Dilafro‘z Xamdamova ham ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ijod maktabi jamoasi qaratilgan e’tibor uchun viloyat hokimligiga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Sayt I Facebook I Telegram I YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Ўқитувчилар_олимпиадаси

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar o’zaro kuch sinashishdi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

Tadbirdan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

Muloqotda, jumladan:

✔️sinflar kesimida fanlarning murakkabligiga ko’ra dars soatlarini belgilash,
✔️fizika fanidan dars soatlarini ko’paytirish hamda
✔️bu kabi olimpiadalarni muntazam o’tkazib borish kabi takliflar berildi.

❗️Tadbir so’ngida Hilola Umarova har bir viloyat kesimida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislari bilan seminar-treninglar tashkil etish haqida topshiriq berdi.

Ushbu treninglar o’quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashga qaratiladi.

Pedagoglar jamoasi tomonidan mazkur tashabbus qizg’in qarshi olindi.

📍Ma’lumot o’rnida, taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi 118-sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi.
#Taqdirlash
#Ijod_maktabi

⚡️👏Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan o’tkazilgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi natijalari e'lon qilindi.

💥Unga ko’ra badiiy publisistika (maqola) yo’nalishi bo’yicha Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Asrorqulova Nigora 1-darajali diplom va kitoblar to’plami bilan taqdirlandi. O‘quvchimizga ijodiy zafarlar tilab qolamiz.

Web sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA BOSHLANGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijod maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash,

o‘zbek adabiyoti va tarixini chuqurroq o‘rgatish, o‘z iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘quvchilar o‘zlarining go‘zal kuy, qo‘shiq, raqslari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, tarjima asarlari, ayni Navro‘z bayramini madh etuvchi go‘zal she'rlari hamda ota-onalariga yozgan dil izhor maktublari bilan bayramga o‘zgacha mazmun, o‘zgacha shukuh, bayramona kayfiyat baxsh etishdi.

Uzoq bahslardan so‘ng yakun topgan tanlov shartiga hamda hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni - RUSTAMBAYEVA NIGINA DONIYOROVNA - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rinni - G‘OFURJONOVA ZILOLA MUZAFFAR QIZ - Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni - KAMOLIDDINOVA HOJIRA ABDUMALIK QIZI – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni - ALIJONAVA RAYYONA AKMAL QIZ - Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

2-o‘rinni - MINGBOYEVA ZULXAYO ULUG‘BEK QIZI – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni - SAFAROVA SHAHLO SODIQ QIZI - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA BOSHLANGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA BOSHLANGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#taqdirlash

⚡️"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.

Musobaqaning Agentlik bosqichida 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra:

🥇Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi 1-oʻrin;

🥈Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining "Vatanparvar" jamoasi 2-oʻrin;

🥉Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining "Sohibqiron" jamoasi 3-oʻrin;

Musobaqaning yopilish marosimida gʻoʻlib va sovrindorlar taqdirlandi.

Maʻlumot oʻrnida, mazkur musobaqa doirasida “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube