#Tanlov_natijasi
#Ijod_maktablari

“QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM” TANLOVI NATIJALARI E'LON QILINDI

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

❗️Mazkur tanlovda umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’rtasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari g’olib bo’lishdi.

🥇
1- o‘rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Yusupova Shodiya sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

🥈2- o‘rinni egallagan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Visola Tursunova sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

🥉3- o‘rinni egallagan Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

⚡️Rag’batlantiruvchi o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

💐 Gʻoliblarni tabriklaymiz!

G‘oliblarni taqdirlash marosimi oktabr oyi oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, sovrindorlardan quyidagi 👉@moturidiyuz_bot👈 telegram manziliga murojaat qilishlarini so‘raladi.