#live

🔴 Ayni damda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari teatr jamoalari oʻrtasida o‘tkazilayotgan “Teatr – ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivalining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_festivali_yopilishi

📌 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamkorligida ayni damda "Turon" oʻquvchilar teatr jamoalari festivali boʻlib oʻtmoqda.

🔰 Mazkur festivalda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok ham etishmoqda.

🎭 Ijod maktabimizning "Muqimiy" teatridagi milliy musiqiy kompozitsiya chiqishlari.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | 27-mart - Xalqaro teatr kuni
#27mar #uzbekiston24

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_gʻolibi

🌍 YERNI SEV, U HAMMAMIZNING UYIMIZ

🗣Germaniyaning "Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasi" (DVV International Uzbekistan) tomonidan oʻtkazilgan "Yerni sev, u hammamizning uyimiz" mavzusidagi video roliklar tanlovida Agentligimiz tizimidagi Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tayyorlagan video rolik 1-o'ringa munosib deb topildi.

📁 Tanlovda ishtirok etgan mualliflarning ishlari komissiya tomonidan nizomga muvofiqligi, plagiatning yoʻqligi, mualliflarning ijodkorligi va mavzuga mosligini inobatga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda. 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.

Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.

Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.

Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
"Jizzax oqshomlari" jodkorlarni birlashtirdi
29-mart kuni Sharof Rashidov nomidagi viloyat kutubxona markazida ijodkorlar va yoshlar ishtirokida "Jizzax oqshomlari" sheʼriyat kechasi bo'ilb o'tdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat boʻlimi rahbari M.Abdurahmonova va boʻlim xodimlari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari A.Sattorov, Hayot Shodmon, faxriy jurnalist I.Berdiyev, ijodkor shoirlar A.Qosimov, N.Quylonova, X.Mirzayev, adabiyot ixlosmandlari va yosh ijodkorlar, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda viloyatdagi koʻpgina maktab oʻquvchilari, viloyat kutubxona xodimlari ishtirok etdi.

Unda yoshlar Abdulla Oripov qalamiga mansub vatanparvarlik, chin insoniylik haqidagi sheʼrlaridan va oʻz ijod namunalaridan oʻqib berishdi. Tadbirda ijod maktabining o'quvchilari faol ishtirok etdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari