Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH – USTUVOR VAZIFA
#30mar #uzbekiston24

Studiya 24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ikki nafar oʻquvchilari ona tili va adabiyot fanidan Baxor Muhammadiyeva 1-oʻrinni Diyora Hatamova 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
👍27🔥15🤩4🏆4🎉3
#Asosiy_olimpiada

⚡️Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi!

Murosasiz kechgan bahslarda:

Fizika fani,

Kimyo fani,
Biologiya fani,
Ona tili va adabiyot fani,
Ingliz tili fani,
Nemis tili fani,
Fransuz tili fanidan eng iqtidorli o’quvchilarimiz — g’oliblar e’lon qilindi.

👉
G’olib o’quvchilarimiz bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishing: https://t.iss.one/olimpdep/4816

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉4👍1
Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi.

⭐️ Fizika fani;
1. Eshonqulov Sayfiddin Dustqobil o‘g‘li — Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani, 68-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Ravshanov Ozodbek Zufarjon o'g'li — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, M.Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchisi.
3. Shukrullayeva Vasila Fazliddinovna  — Buxoro viloyati, Qorako'l tumani, BuxDU akademik litsey talabasi.

⭐️ Kimyo fani;
1. Abdullayeva Saida Ravshan qizi — Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFChO'IM o‘quvchisi.
2. Baxodirov Axrorbek Mardonbek o‘g‘li — Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
3. Ravshanova Nafisa Ubaydulloyevna — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Pediatriya akademik litsey talabasi.

⭐️ Biologiya fani;
1. Sharifov G'olibjon G'ulomjonovich — Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Amirqulov Rahmatulla Shokir o'g'li — Jizzax viloyati, JizDPU akademik litsey talabasi.
3. Ikromov Ozodbek Ravshan o'g'li — Toshkent viloyati, Piskent tumani, 1-sonli IDUM o‘quvchisi.

⭐️ Ona tili va adabiyot fani;
1. Muhammadiyeva Baxor Qudrat qizi — Jizzax viloyati, Jizzax shahar, ijod maktabi o‘quvchisi.
2. Ne'matullayeva Muxlisa Sherali qizi — Samarqand viloyati, Narpay tumani, 31-sonli maktab o‘quvchisi.
3. Hatamova Diyora Sherbek qizi — Jizzax viloyati, Jizzax shahar, ijod maktabi o‘quvchisi.

⭐️ Ingliz tili fani;
1. Suyunova Mohinurxon Ruzoxon qizi — Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 35-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Kasimov Imronbek Sherzodbek o‘g‘li — Andijon viloyati, Andijon shahar, Prezident maktabi o‘quvchisi.
3. Olimov Abbosjon Alijon o'g'li — Buxoro viloyati, Peshku tumani, 9-sonli IDUM o'quvchisi.

⭐️ Nemis tili fani;
1. Aliyeva Farida Fuad qizi — Toshkent shahar, Mirobod tumani, 60-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Rustamova Ruxsora Rasulbek — Xorazm viloyati, UrDU akademik litsey talabasi.
3. Akbarov Aliakbar Bobirovich — Samarqand viloyati, Samarqand shahar, 51-sonli IDUM o‘quvchisi.

⭐️ Fransuz tili fani;
1. Abdurazaqova Mohinur Dilshod qizi — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 51-sonli IDUM o‘quvchisi.
2. Kazakov Murodbek Umirbek o'g'li — Qoraqalpog'iston Respublikasi, To'rtko'l tumani, 11-sonli maktab o'quvchisi.
3. Musurmonov Suhrob Turdimurod o'g'li — Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 17-sonli maktab o‘quvchisi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🏆1
#Gʻoliblar_munosib_taqdirlandi

Xushxabar!
Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ikki nafar oʻquvchilari ona tili va adabiyot fanidan Baxor Muhammadiyeva 1-oʻrinni, Diyora Hatamova 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

1-aprel kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, oliy toifali pedagog Abdulla Abduhamidov hamda Respublikada ijod maktabi sharafini munosib himoya qilgan ikki nafar g‘olib o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Biz shunday fidoyi ustoz va faol o‘quvchilar bilan faxrlanamiz. Ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
👍133👏3
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim, jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida Respublika ijodiy ishlar tanlovini o'tkazdi.

Badiya yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Shohsanam Abduazimovaga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
👏11👍4
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bogʻlash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir sheʼrlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 2-aprel " Xalqaro bolalar kitoblari kuni " munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Ma'mura Yusupova tomonidan kitob inson tafakkurini o'stiruvchi, uni ezgulik sari yetaklovchi manba ekanligi aytib o'tildi va shu mavzudagi videorolik qo'yib berildi. Shu bilan birgalikda kitoblarning yaratilishi bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar keltirib o'tildi.

O'quvchilar o'rtasida o'qigan badiiy asarlari yuzasidan viktorina o'tkazilib, tadbir so'nggida viktorina g'oliblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
👍5