#Sayyor_uchrashuv
#Jizzax

VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

Bugun Jizzax viloyatida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

❗️ Yig’ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida Hilola Umarova tomonidan:

✔️ Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o’rgatishni joriy etish,

✔️ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo’lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

✔️ maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish,

✔️ Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekopartiya
#Jizzax

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim ijod maktabida "Suvni birgalikda asraylik" shiori ostida "Biz suvni tejash va isrof qilmaslikka tayyormiz" mavzusida targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.

Unda partiyaning Jizzax shahar hamda Sharof Rashidov tuman partiya tashkiloti raislari so'zga chiqib, bugungi kundagi suv muammosi va ularni oldini olishda yoshlarning o'rni haqida so'z yuritdi.

https://t.iss.one/UzEp_Sh_Abdimurodov
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.

🗺Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.

#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Jizzax

Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Jizzax viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan, 8-9-aprel kunlari Jizzax shahar 2-son hamda Sharof Rashidov, Zafarobod, Doʻstlik, Paxtakor tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Jizzax

Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Jizzax viloyati Zarbdor va Baxmal tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Agentlik direktori maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Maktab bitiruvchilari bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida soʻz yuritib, har yili bir marotaba o‘tkaziladigan "Bitiruvchilar qurultoyi"ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Jizzax shahridagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkazildi (Foto)

Batafsil👉 https://goo.su/fwWfO

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati hokimi “Soʻnggi qoʻngʻiroq”da ishtirok etdi

Bugun mamlakatimizning barcha umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida viloyat hokimi Ergash Saliyev qatnashdi.

Batafsil👉https://goo.su/nULQcnC

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼnaviyat_festivali
#Jizzax
#Ziyolilar forumi


Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ma’naviyat festivali” doirasida "Ziyolilar forumi ” loyihasi davom etmoqda.
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bilimlar kuni” tadbirida Jizzax viloyati hokimi ishtirok etdi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.

Bugun Jizzax viloyatining har bir hududidagi oʻrta taʼlim maktablari, Prezident va ijod va ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida “Bilimlar kuni” nishonlandi.

Batafsil👉https://goo.su/JmUGp

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jadidlar izidan" tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda

muxbir: Madina Ahmedova

#Jizzax viloyati

15:00 19.11.2024

#Jadidlarizidan

@hududtv
Forwarded from Jizzax shahar hokimligi
Jizzax viloyat Musiqali drama teatrida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax viloyat Musiqali drama teatrida taniqli o‘zbek shoiri, xalqimizning faxrli qizi Zulfiya Isroilovaning 110 yillik tavalludiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, adabiyotshunoslar, ijodkorlar, o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. Unda shoira hayoti va ijodiy merosi, adabiyotimizga qo‘shgan bebaho hissasi, uning ijodidagi Vatanga muhabbat, ayollarga bo‘lgan hurmat, insoniy qadriyatlar targ‘iboti haqida so‘z yuritilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida Zulfiya ijodidan namunalar o‘qilib, uning she’rlari asosida yaratilgan musiqiy chiqishlar namoyish etilmoqda. Yosh ijodkorlar tomonidan shoira asarlaridan ilhomlanib yozilgan she’r va hikoyalar taqdim etilmoqda.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodga Zulfiya merosini chuqur anglash, uning ijodi orqali milliy qadriyatlar va ma’naviyatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍🏻Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Hokimlik rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling👇🏻
jizzaxcity.uz | Telegram Live | Facebook

#1mart #xabar #novosti #news #jizzax