#Maktab_xodimlarining_21_stipendiyasi_davom_etadi...
🤩 🇺🇿
✅ Stipendiyani olish uchun maktabning 7-sinf oʻquvchilaridan 11-sinf oʻquvchilarigacha ishtirok etishlari mumkin.
Darslarga qatnashish davomati boshqa oʻquvchilarga nisbatan yuqori boʻlishi. Darslarga kechikib kelmasligi shart (davomat daftarini tekshirish orqali aniqlanadi. Barcha oʻquvchilarga 20 balldan berilib, bir kun dars qoldirgan oʻquvchilardan 1 baldan ayriladi. Masalan: chorak davomida bir oʻquvchi 5 kun dars qoldirsa, unga yakunda 15 ball beriladi);
✅ Jamoat ishlarida, ijodiy tanlovlarda, ijtimoiy-madaniy tadbirlarida eng faol boʻlishi kerak. Nomzodlar 5 ballik tizimda baholanadi;
✅ Ingliz tilidan oʻtilgan mavzular yuzasidan matndagi tushirib qoldirilgan 10 ta soʻzni topish (matn audio shaklda taqdim etiladi, har bir toʻgʻri topilgan soʻz uchun 0.5 baldan beriladi) jami 5 ball;
✅ 7-sinf uchun Jyul Vernning “Dunyo bo‘ylab sakson kun”, 8-sinf uchun Tohir Malikning “Alvido bolalik”, 9-sinf uchun Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”, 10-sinf uchun Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” badiiy asarlarini oʻqishi (ona tili va adabiyot ustozlarining savollari asosida aniqlanadi, savollar soni 10 ta, 10 ballik tizimda baholanadi);
✅ Matematika fanidan berilgan beshta misol va masalani ishlay bilishi kerak (5 ballik tizimda baholanadi);
✅ Maktab oʻquvchilarning monitoring natijalari boshqa oʻquvchilarga nisbatan yuqori boʻlishi kerak (Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari maʼlumoti asosida tayyorlanadi, 15 ballik tizimda baholanadi).
✅ Rahbariyat tomonidan berilgan she’rlarning yod olinishi. 7 ballik tizimda baholanadi.
✅ Ota-onalar farzandining darslarda qanchalik darajada ishtirok etishini o‘rganish uchun dars jarayonlariga qatnashishi. 5 ballik tizimda baholanadi.
✅ Tarix fanidan 15 test savollarini ishlash. 5 ballik tizimda baholanadi.
✅ Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash. (turnik 10-8-6, yotgan holda tanani 90° ga bukib, yozish 25, 22, 18 marotaba) 5 ballik tizimda baholanadi.
✅ Shahar bosqichda olimpiada, tanlov yoki musobaqadagi faxrli o‘rin uchun 3 ball, viloyat olimpiada (tanlov yoki musobaqa)sidagi faxrli o‘rin uchun 5 ball Respublika olimpiada (tanlov yoki musobaqa)sidagi faxrli o‘rin uchun 10 ball. Bu imtiyozdan faqat bir martalik stipendiyada foydalanadi.
✅ Ijodiy ishlarini OAVlarida tuman, shahar miqyosida nashrdan chiqarsa 3 ball, viloyat miqyosida nashrdan chiqarsa 4 ball, Respublika miqyosida nashrdan chiqarsa 5 ball, xorijiy OAVlarida nashrdan chiqarsa 8 ball. Bu imtiyozdan faqat bir martalik stipendiyada foydalanadi va sifatiga qaraladi.
✅ Agar, joriy o‘quv mavsum stipendiyasida g‘olib deb topilgan o‘quvchi keyingi stipendiyada ishtirok etayotganda, to‘planishi mumkin bo‘lgan 100 baldan 75 balini to‘plagan taqdirdagina g‘olib deb topiladi..
🌐 Web sayt I 🔵 Facebook I 🚀 Telegram I 🎬 YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari
Darslarga qatnashish davomati boshqa oʻquvchilarga nisbatan yuqori boʻlishi. Darslarga kechikib kelmasligi shart (davomat daftarini tekshirish orqali aniqlanadi. Barcha oʻquvchilarga 20 balldan berilib, bir kun dars qoldirgan oʻquvchilardan 1 baldan ayriladi. Masalan: chorak davomida bir oʻquvchi 5 kun dars qoldirsa, unga yakunda 15 ball beriladi);
@ikki_qalb_izdoshlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM