#Конституция_ўзимизники
#Jizzax

Jizzaxlik 1000 nafarga yaqin direktor va o‘qituvchilar ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yangilanayotgan Bosh Qomusimiz mazmun-mohiyati va unda nazarda tutilgan ta’lim sohasiga doir o‘zgartirishlar tahliliga bag‘ishlangan mazkur tadbirda hududdagi maktab rahbarlari va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

📍Tadbirda iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar va gala-konsert ham tashkil qilinib, 1000 nafarga yaqin pedagog xodimlar qatnashdi.

Unda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivojiga doir muhim jihatlar xususida ma’lumot berildi.

❗️Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyiha matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan.

Tadbir davomida, shuningdek mazkur huquqiy o‘zgartirishlarning soha rivojidagi o‘rni xususida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Конституция_ўзимизники

Jizzaxda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbiridan videolavha.