March 24, 2024
March 25, 2024
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatribratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

🗣Mazkur haftalik doirasida maktablarimiz jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan “Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir”, “Bebaho yoshlik”, “Eski shahar gavroshlari”, “Darsdan so‘ng” va “Pantomimo” spektakllari namoyish etilmoqda.

Shuningdek, tadbir qatnashchilari “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Jaholat to‘g‘risida rivoyat”, “Jaloliddin Manguberdi” singari badiiy musiqiy kompozitsiyalarini ham tomosha qilishlari mumkin.

📍Muqimiy va Yosh tomoshabinlar teatrlarida namoyish etilayotgan mazkur spektakllar va badiiy-musiqiy kompozitsiyalarini tomosha qilish bepul.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 25, 2024
March 26, 2024
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

❗️Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 27, 2024
#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr - ibratxonadir” shiori ostidagi tanlovning hududiy bosqichiga start berildi.

Bugun, Agentlikning Toshkent shahri va Farg’ona viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Turon yulduzlari" jamoasi "Toʻmaris" spektakli bilan gʻolib boʻlib, tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Hududiy bosqich Agentlikning Fargʻona viloyatidagi maktablari teatr jamoalari oʻrtasida ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida 17-fevral - 6-mart kunlari o‘tkaziladi. 14 ta hududdan eng yaxshi deb topilgan teatr jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 17